Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

2019 yilda umumiy hisobda nechta transfer amalga oshdi? Ularning umumiy qiymati qancha?

.
- Yuklab olish

Ortda qolgan yil davomida amalga oshirilgan transferlar haqida kengroq ma'lumot berishda davom etamiz. Bugun o'tgan 12 oy davomida dunyo klublarining transfer olamida qanchalar faol bo'lganini bilib olishingiz mumkin.

2019-yilda transfer olami yangi rekordni o'rnatdi desak, yanglishmagan bo'lamiz. O'tgan yili futbol olamida transferlar uchun umumiy hisobda 7,35 milliard dollar sarf etildi. Bundan avvalgi ko'rsatgich 6,94 milliard edi.

Yil davomida 18 042 ta transfer amalga oshgan bo'lib, bu o'tgan yilgi ko'rsatgichdan 9,1 foiz ko'proq degani. Bu boradagi jadal o'sishni guvohi bo'lishimi mumkin.

Shunday bo'lsada, amalga oshirlgan transferlarning 4,6 foizi 1 million dollardan qimmatroqq sotib olingan futbolchilarni tashkil etadi. 10 milliondan ortiqroqqa baholangan futbolchilarning umumiy ko'rsatgichdagi ulushi atigi 0,98 foizga teng. Ushbu ro'yxatdagi futbolchilarning 85,1 foizni erkin agent sifatida boshqa jamoalarga o'tgan futbolchilar tashil etishini inobatga olsak, qolgan futolchilarning umumiy qiymati o'rtacha 2,74 million evroga teng bo'lib qoladi.

Transferlar borasidaEvropa yaqqol peshqadamlik qildi. Ushbu qit'aning 1914 jamoasi o'tgan mavsumda transferlarda faol ishtirok etishga muvaffaq bo'ldi va 12 290 ta transferni amalga oshirdi. Bu umumiy ko'rsatgichning 68,1 foizi degani! Erkin agentlar borasida bu qit'a so'nggi pog'onada bormoqda. Evropada amalga oshirilgan transferlarning 57 foizidagina pulsiz kelishuvga erilishgan. Ayrim qit'alarda bu ko'rsatgic 92 foizga teng.

Eng ko'p qo'llanilgan transfer marshrutlari Braziliyadan Portugaliyaga bo'lib, ortda qolgan yil davomida Janubiy Amerikadan Portugaliyaga 228 ta futbolchi ko'chib o'tgan. Angiliyadan Shotlandiyaga 168 ta. Bu boradagi ko'rsatgichlarning 3-o'rinini Portgugaliyadan Braziliyaga qaytib ketgan (148 ta) futbolchilar egallashdi.

Angiliya o'tgan yilgidan kamroq futbolchi xarid qilganiga qaramay, 1,5 milliard evro sarfladi va bu borada yaqqol peshqadamga aylanib oldi. Ispaniyada esa transferlar uchun 1,23 milliard sarflandi. Italiya klublari futbolchilar uchun 873 million evrodan voz kechishdi. Agarda, bu ro'yxatga Germaniya va Frantsiyani ham qo'shadigan bo'lsak, yil davomida sarf etilgan pullarning katta qismi kuchli beshlik klublari tomonidan ishlatilgani ma'lum bo'ladi.

2019 yil davomida transferlardan eng ko'p Portugaliya daromad oldi. Ushbu yurt futbol klublari futbolchilarni sotib olgan pulni ayrib tashlaganda ham 384 million evro ishlab olishdi. Ulardan keyingi o'rinni 299 million bilan Braziliya egallamoqda. Kuchli uchlikni Gollandiya 273 million bilan yakunlab beradi.

Eng ko'p xarid qilingan braziliyalik futbolchilar bo'ldi. Ushbu yurt futbolchilari umumiy hisobda 1988 ta transferda ishtirok etishdi. Ulardan keyingi o'rinda 946 ta futbolchi bilan Argentina turgan bo'lsa, kuchli uchlikni britaniyaliklar (801ta transfer) yakunlab berishadi. Qizig'i shundaki, 3,4 million aholiga ega Urugvayning 433 ta futbolchisi transfer qilindi.

Futbolchilar uchun sarf etilgan summaning qiymatiga keladigan bo'lsak, bu borada Frantsiya Braziliyaga deyarli etib oldi. (826 million evro – 925 million evro). Shuningdek, portugaliyaliklarnign ham transfer bozorida narxi juda baland. Ularning umumiy qiymayti 544 milliondan oshib ketdi. Belgiyalik futbolchilar ham 500 millionlik ko'rsastgichni zabt etishga muvaffaq bo'lishdi. Bunda Eden Azarning tutgan o'rni beqiyos.

BestMaster
24 Yanvar 2020, 21:00
yilda, umumiy, hisobda, nechta, transfer, amalga, oshdi?, ularning, umumiy, qiymati, qancha?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads