Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: “Etirozga o'rin yo'q, gol kiritilgan vaqtda o'yin qoidasi buzilgandi”

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liga 20-turi doirasida “Sevilya”ga (2:1) qarshi kechgan bahsda hakamning munozarali qaroriga munosabatini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

“Sevilya” gol kiritgan vaziyatda haqiqatan ham raqib futbolchisi bizning o'yinchiga nisbatan o'yin qoidasini buzgandi. Hakam o'sha vaziyatda fol qayd etib hushtak chalgach, VAR tizim orqali vaziyatni qayta ko'rib, to'g'ri qaror qabul qilganligini yana bir bor ko'rib oldi. Ikkinchi bo'limda Lyuk de Yong muvozanatni tiklaan vaqtda u to'p qo'li bilan o'ynadi, ammo hushtak chalinmadi.

Men hech narsani tushuntirishni istamayman. Vaziyatni chigallashtirish tarafdorimasman. Bazida bunday vaziyatlar senga qarshi ishlaydi, ayrim vaqtlarda esa buning aksi. Hakamlarni ishi osonmas, ammo maydonda ular hammasini hal qilishadi. Men o'sha gol bekor qilingan vaziyatda qo'pollik – “blokirovka” bo'lganini bilaman. SHu bois etiroz bildirish kerakmas.

Referi o'yin natijasiga tasir o'tkazdi, deb o'ylamayman. U maydonda nima ish qilishi lozim bo'lsa, shuni amalga oshirdi”, deya franciyalik murabbiyning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca.

BestMaster
19 Yanvar 2020, 10:00
zidan, “etirozga, orin, kiritilgan, vaqtda, oyin, qoidasi, buzilgandi”,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads