Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Lopetegi “Real”ga qarshi bahsdagi hakamlik haqida: “Bu sharmandalik”

“Sevilya” bosh murabbiyi Xulen Lopetegi La Liga doirasida “Real”ga (1:2) qarshi kechgan bahsning tanaffusi vaqtida hujumchi Lyuk de Yong tomonidan kiritilgan golning hakam tomonidan bekor qilinishiga noroziligini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

“Bu sharmandalik, sharmandalik. Doimiy holat” deya qichqirdi Lopetegi klub “Sevilya” sport direktoriga.

Uchrashuvning birinchi bo'limida bosh hakam Xuan Martines Munuera VAR orqali vaziyatni takroran ko'rib, de Yong tomonidan kiritilgan golni bekor qilgandi.

Gollandiyalik futbolchi burchakdan uzatib berilgan to'pdan keyin gol urgandi. Hakamning fikricha, “Sevilya” yarim himoyachisi Nemanya Gudel to'p uzatilayotgan vaqtda “Real” futbolchisi Eder Militaoning harakatlanishiga halaqit qilgan.

BestMaster
19 Yanvar 2020, 08:30
lopetegi, “real”ga, qarshi, bahsdagi, hakamlik, haqida, “bu, sharmandalik”,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 realist11  
Topni qo'l bilan o'ynab urgan golichi bu warmandalik emasmidi
20 Yanvar 2020, 00:40
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads