Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xayrulla Hamidovdan anons: Lopetegining ham «Real» bilan o'ziga yarasha hisob-kitobi bor

18 yanvar Qirollik klubi La liga doirasidagi 20-tur uchrashuvini “Sevilya” bilan o'tkazadi.

.
- Yuklab olish

18 yanvar Qirollik klubi La liga doirasidagi 20-tur uchrashuvini “Sevilya” bilan o'tkazadi. Kuchli to'rtlikda borayotgan klublar o'rtasidagi bahs hamisha shiddatli kechadi.

“Real” uchun motivatsiya etarli: Aslo va aslo qo'shhokimlikdan qolib ketmaslik va o'z g'alabasi bilan ta'qibchisi bo'lmish “Sevilya”dan sakkiz ochkoga o'zib ketish!

Sevilyaliklar uchun esa, tabiiyki, “Real”ga etib olish uchun uch ochko zarar qilmasdi. Shuningdek, bosh murabbiy Lopetegining ham Qirollik klubi bilan o'ziga yarasha hisob-kitobi bor.

Statistikaga murojaat qiladigan bo'lsak, mehmonlarga u qadar havas qilolmaymiz. Chunki “Bernabeu”da “Sevilya” oxirgi marta 2008 yili enggan ekan. Lekin bu mavsum uyidagi o'yinlariga qaraganda mehmonda yaxshiroq o'ynayapti.

 Xullas, qaysidir fakt ularning qo'lidan ushlaydi ertaga.

Kayfiyat borasida “Real” ustun, albatta. Zidan shogirdlari yilni Superkubok bilan boshlashdi. Hordiq ham etarlicha bo'ldi. Bu paytda Lopetegi jamoasi kamtar “Eskobedo”ni kubok bahsida mag'lub etdi.

Madridliklar tarkibida o'yinni Valverde o'tkazib yuboradi – superkubok finalidagi qizil kartochka ushbu uchrashuvga ham o'z ta'sirini o'tkazgan. Azar va Asensio hali qaytmagan. Qolganlar joyida.

Tomosha qilishli vaqt – 20:00! Birga kuzatamiz, azizlar!

BestMaster
18 Yanvar 2020, 07:00
xayrulla, hamidovdan, anons, lopetegining, «real», bilan, oziga, yarasha, hisob-kitobi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads