Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Eden Azarsiz 51 kun: "Real Madrid" vazifalarni belgiyalik yulduzisiz qanday uddalamoqda?

Mavsum avvalida Eden Azar jamoaning asosiy yulduzi bo'lmasa ham, kamida asosiy figuralardan biri bo'lishi taxmin qilingandi.

.
- Yuklab olish

O'tgan yilning 26 noyabr kuni CHempionlar Ligasi doirasida PSJ bilan o'yinda Eden Azar jarohat olgandi. Mana oradan 51 kun o'tdi: belgiyalik o'sha o'yinda vatandoshi Toma Mene bilan to'qnashuvdan keyin maydonni tark etishga majbur bo'lgandi va hali maydonga qaytmadi. 

Hozir Azar deyarli safga qaytishga tayyor, lekin aniq sana va Zinedin Zidanning jamoasida qanday o'ynab ketishi hozircha hech kimga malum emas. Avvalroq, mavsum avvalida Azar mushaklardagi muammo tufayli 30 kunni o'tkazib yuborgandi va bu "qaymoqranglilar" uchun zarba bo'lgan, g'alabalar katta qiyinchilik bilan qo'lga kiritilgandi. 

SHunday bo'lsada, oradan o'tgan vaqt davomida "Madrid" belgiyalik futbolchining ikkinchi jarohatini osonroq engib o'tgandek. "Qirollik klubi" hattoki Ispaniya Superkubogida nafaqat Azar, balki Karim Benzema va Garet Beylsiz zafar quchdi. Bundan tashqari Azar o'tkazib yuborgan 16 o'yinda mag'lubiyatga uchramadi. Yani futbolchining tiklanish jarayonini majburiy ravishda tezlashitirishga hojat bo'lmadi. 

Avvaliga klub bergan malumot bo'yicha, belgiyalik bor yo'g'i 3 hafta maydonga tusha olmasligi aytilgandi. Keyinroq klubning rojdestvo bayramidagi rasmlar paydo bo'ldi va u erda Azar qo'ltiqtayoq. SHundan so'ng "qaymoqranglilar" futbolchining qaytish sanasini o'zgartirishdi va hozir asosiy vazifa Edenni Madrid derbisiga tayyorlash. Eslatib o'tamiz, "Atletiko" bilan uchrashuv 1 fevral kuniga rejlashtirilgan.

Ideal variantda esa Azar CHempionlar Ligasi pley-offiga  "Manchester Siti" bilan bellashuvga 100% tayyor bo'lishi zarur.

Xo'sh, siz nima deb o'ylaysiz, Azar qaytgach, tarkibga kira oladimi yoki jamoa belgiyaliksiz variantlarda samaraliroq o'ynashga o'rganib bo'ldimi?  

Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

BestMaster
16 Yanvar 2020, 14:15
azarsiz, real, madrid, vazifalarni, belgiyalik, yulduzisiz, qanday, uddalamoqda?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 11
12 >>
dxxqayti
 dxxqayti  
Azar yaxshi ketyatgandi jaroxat uni toxtatdi
16 Yanvar 2020, 17:51
dxxqayti
 dxxqayti  
Tezroq safga qayt
16 Yanvar 2020, 17:52
dxxqayti
 dxxqayti  
AZAR
16 Yanvar 2020, 17:53
dxxqayti
 dxxqayti  
AZAR AZAR
16 Yanvar 2020, 17:53
dxxqayti
 dxxqayti  
AZAR AZAR AZAR
16 Yanvar 2020, 17:54
dxxqayti
 dxxqayti  
AZAR AZAR AZAR AZAR
16 Yanvar 2020, 17:54
dxxqayti
 dxxqayti  
AZAR AZAR AZAR AZAR AZAR
16 Yanvar 2020, 17:55
dxxqayti
 dxxqayti  
AZAR AZAR AZAR AZAR AZAR AZAR
16 Yanvar 2020, 17:56
 toyliyev2003  
Azar olga city bilan boladigan oyingacha tiklanishga ulgursan bolgani
17 Yanvar 2020, 07:00
 De_Ligt_4  
Omad
17 Yanvar 2020, 13:23
12 >>
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads