Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Malaga» prezidenti «Barselona» haqidagi qo'pol gaplari uchun jarimaga tortildi

«Malaga» prezidenti Abdullla bin Nosir As-Soniy «Barselona» klubi va uning muxlislariga qarata aytgan keskin gaplari uchun jazolandi.

.
- Yuklab olish

«Malaga» prezidenti Abdullla bin Nosir As-Soniy «Barselona» klubi va uning muxlislariga qarata aytgan keskin gaplari uchun jazolandi.

Avvalroq, «Barselona» muxlislaridan biri As-Soniyga tvitterda murojaat qilib, Primeraning so'nggi turida «Real»ni mag'lub etishni iltimos qilgan va bu bilan jamoasi chempion bo'lishiga umid bildirgandi.

As-Soniy esa unga keskin ohangda javob berib: «Ollohning madadi bilan «Real»ni toshbo'ron qilamiz. Biroq, Michel haqidagi yolg'on gaplaridan so'ng, Kataloniya tashlandiqlari chempionlik ta'mini totmagay» - deb yozdi.

Gap shundaki, ayni paytda «Malaga» klubini boshqarayotgan Migel Michel «Real»ning sobiq futbolchisi hisoblanadi. Yaqinda u «Real»ga chempionlik tilashini, ammo unga qarshi o'yinda g'alaba uchun maydonga tushishini aytgandi. Kataloniyaliklar esa «Malaga» «Real»ga qarshilik ko'rsatmaydi degan gap-so'zlarni tarqatishgandi. Xususan, bosh murabbiy Luis Enrike kinoya bilan: «Malaga»ning g'alabasiga umid qilishimiz mumkinmi? Agar buvimning g'ildiraklari bo'lganida, u velosipedga aylanib qolardi» - degandi.

Keyinchalik, As-Soniy qo'pol gaplari uchun uzr so'ragan bo'lsa-da, baribir 3500 evro miqdorida jarimaga tortildi.

BestMaster
12 May 2017, 12:00
«malaga», prezidenti, «barselona», haqidagi, qopol, gaplari, uchun, jarimaga, tortildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
ramos
 ramos  
bizga hech qanday aloqasi yo'q bunaqa xabarlarni.
12 May 2017, 13:15
ramos
 ramos  
bizga hech qanday aloqasi yo'q bunaqa xabarlarni.
12 May 2017, 13:16
jamesmuhriddin
 jamesmuhriddin  
Ramos fikringizga qöshilaman
12 May 2017, 13:16
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads