Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Tibo Kurtua: "Saul meni hayron qoldirdi, lekin Parti penaltini qanday tepishini aniq bilardim"

"Real" posboni Tibo Kurtua Ispaniya Superkubogi finalida "Atletiko"ga qarshi o'yindan so'ng (0:0, pen – 4:1) taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

.
- Yuklab olish

Valverdening Morataga qarshi qo'polligi va qizil kartochka haqida

"Men Morata to'pni o'zidan qochirib yubordi deb o'ylagandim, lekin Fede uni taqib qilib kelayotgandi. Tashqaridan qaraganda uni yomon ko'rib ketishingiz mumkin, lekin u jamoasi uchun foyda keltiradigan eng to'g'ri yo'lni tanladi. Raqib murabbiyi buni tan olgani so'zim isboti sifatida xizmat qilishi mumkin. U qoidani buzdi va shunga yarasha jazolandi. Penaltilar seriyasida esa biz "Atletiko"ga nisbatan o'z kuchimizga ko'proq ishondik va g'alabaga erishdik.

"Atletiko"dan bir umr minnatdorman. Klub menga ko'p narsa berdi, ammo siz hayotda olg'a intilishingiz zarur, bu futbol. "Real"da ekanligimdan mamnunman va bu erda baxtliman. Jamoa g'alabalarga erishishi va yanada ko'proq musobaqalarda g'alaba qozonishi uchun qo'limdan kelganini qilaman.   

Penaltilar seriyasi haqida

"Ha, men bunga alohida tayyorlangan edim. Saul meni hayron qoldirdi, lekin Parti qaerga tepishini deyarli aniq bilardim. U juda kuchli zarba berdi. Yana bir uchrashuvda gol o'tkazmaganimdan xursandman".

"Men "Real"ga yanada yaxshiroq natijalarga erishish, sovrinlar yutish uchun kelganman. Qiyin damlarda, odamlar meni haqorat qilganda, kim do'st va kim dushmanligini o'zim uchun bilib oldim. Men imkoniyatlarimni yaxshi bilaman", – dedi Kurtua.

BestMaster
13 Yanvar 2020, 12:15
kurtua, saul, meni, hayron, qoldirdi, lekin, parti, penaltini, qanday, tepishini, aniq, bilardim,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads