Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ispaniya Superkubogi g'olibi penaltilar seriyasida aniqlandi

Ispaniya Superkubogi final uchrashuvi yakunlandi.

.
- Yuklab olish

Saudiya Arabistonida o'tkazilgan musobaqaning finalida Madrid derbisi guvohiga aylandik. Bu jamoalar o'rtasidagi uchrashuvlar doim keskin va murosasiz o'tishidan xabaringiz bor. Bu galgisi ham bundan mustano bo'lmadi. 120 daqiqa mobaynida darvozalarga to'p kiritilmagach uchrashuv g'olibi penaltilar seriyasida aniqlandi. 11 metrlik nuqtadan "qirollik klubi" azolari adashishmadi. Karvaxal, Rodrigo, Modrich va Ramos zarbalarni aniq amalga oshirishdi. "Matraschilar"dan Saul hamda Tomas Parti birinchi va ikkinchi zarbalardan unumli foydalana bilmadi. Natijada "Atletiko" to'rtinchi penaltini yo'llashiga zarurat qolmadi. SHu tariqa "Real" qiyin kechgan uchrashuvda "Atletiko" ustidan g'alaba qozondi.

Real Madrid – Atletiko 0:0 (penaltilar seriyasi 4:1)

12 yanvar, 23.00, «King Abdullah Sports City»

Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Ramos, Mendi, Varan, Isko (Rodrigo, 60), Kroos (Vinisius Junior, 103), Kazemiro, Valverde, Modrich, Yovich (Mariano Dias, 83).

Atletiko – Oblak, Ximenes (Savich, 98), Tripper, Felipe, Lodi (Lorente, 89), Errera (Vitolo, 56), Saul, Korrea, Tomas, Joau Feliks (Aryas, 101), Morata.

penaltilar seriyasi:

1:0, 1:1, 2:1, 3:1, 4:1.

ogohlantirishlar:

Felipe (27), Tomas (74), Mendi (90), Modrich (90), Valverde (111), Ximenes (111), Korrea (115), Karvaxal (115), Savich (115).

CHetlatish:

Valverde (115).

BestMaster
13 Yanvar 2020, 02:00
ispaniya, superkubogi, golibi, penaltilar, seriyasida, aniqlandi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 nachofernandes  
Navbat Ychlni Kubogiga Olg'a Real Madrid.
13 Yanvar 2020, 03:02
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads