Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real" bir yildan buyon jarima zarbasidan gol ura olmayapti

13 yanvarya proshlogo goda Dani Sebalos porazil vorota "Betisa" udarom so shtrafnogo na 88 minute matcha. S tex por "Los Blankos" predprinyali 19 besplodnyx popytok zabit pryamym udarom pri 8-mi razlichnyx ispolnitelyax.

.
- Yuklab olish

"Madrid" Evropa TOP-chempionatlarida jarima zarbalarini golga aylantirish bo'yicha 35-o'rinni egallab turibdi. SHu bilan birga birgina Messi "qaymoqranglilar"dan 2 marta ko'proq imkoniyatga jarima zarbasi amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'ldi. "Barselona" 57 marta jarimadan zarba berdi, tabiiyki ularning aksariyatini Leo amalga oshirgan va jamoa 8 bor bevosita jarimadan berilgan zarba orqali gol urishga erishdi.

Qiziq jihati, "Real"ning jarimadan oxirgi golini Dani Sebalos urgan va o'shandan buyon TOP-5 ligalarda 81 jamoa kamida bir martadan gol urdi. Ispan jamoalari orasida faqatgina "Ueska", "Osasuna", "Rayo Valekano", "Jirona" va "Malorka" madridliklar kabi gol urishni uddalay olishmagan. 

Qolganlarga qaraganda ko'proq imkon Garet Beylda bo'lgan. Fikrimizcha, jarima zarbalari soni bo'yicha etakchilar qatorida Kazemironi ko'rish biroz kutilmagan vaziyat.

Krishtianu Ronaldu jamoani tark etgunga qadar 33 bor jarima zarbalaridan gol urishga erishgan. Lekin buning uchun unga 444 marta imkon kerak bo'lgan. 

Portugaliyalik ketganidan so'ng "Madrid" faqatgina ikki bor bevosita jarima zarbasini golga aylantira olgan. Bittasi o'sha eslaganimiz Sebalosga tegishli bo'lsa, ikkinchisi Isko - 2018 yil sentyabr oyida "Roma" darvozasini ishg'ol qilgandi. 

Kim biladi deysiz, bir yildan buyon bevosita jarimadan gol ura olmayotgan "Madrid" bugun Superkubok finalida o'zi uchun bu noxush ananaga yakun yasar.

BestMaster
12 Yanvar 2020, 21:45
yildan, buyon, jarima, zarbasidan, olmayapti,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads