Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronaldu ajoyib nutq so'zladi

.
- Yuklab olish

Portugaliyalik futbolchi yaqindagina Italiyaning "Canal+ Sport Italia" mehmoni bo'ldi. Qiziqarli o'tgan suhbat davomida Ronaldu o'z ichki kechinmalari bilan o'rtoqlashib o'tdi. Hozir e'tiboringizga Ronaldu tomonidan yangragan nutqni havola etamiz.

 

Futbol bu mening hayotim, mening his-tuyg'ularim va hayotdan lazzat olishimni ta'minlab beruvchi ovunchog'imdir. Biz har kuni o'z ishidan norozi bo'lgan insonlarning so'zlariga quloq solamiz. Shuni unutmaslik lozim-ki, mehnat pul ishlab olish uchun amalga oshiriladi. Mening holatimda esa, vaziyat biroz o'zgacharoq. Men yaratgandan o'z sevgan mashg'ulotim bilan istaganimcha shug'ullanishimga imkon berganidan minaddorman.

Siz og'ir va mashaqqatli mehnatsiz hech narsaga erisha olmaysiz. Siz o'zinigiz sevgan ishga bor e'tiboringizni qaratishingiz, va bu mashg'ulotga borlig'ingizni bag'ishlashingiz shart. Bu ulkan g'alabalar uchun muhim omil ekanligini unumaslik lozim. Hayot men uchun javobsiz topishmoqqa o'xshaydi. U menga har kuni yangidan-yangi boshqotirmalarni tayyorlab qo'yishda davom etmoqda. Barchasini o'z joy-joyiga qo'yish va topshiriqlarni muntazam bajarib borish uchun tartib va intizomga qattiq rioya etishingiz kerak bo'ladi. Agar sen o'z tanang va uning xohishlarini boshqara olsang, kelajakda seni ulkan g'alabalar kutmoqda. Men doimmo yaxshi ruhiy xolatda bo'lishni istayman. Bu o'zimga bo'lgan ishonchning ortishiga hizmat qiladi.

Bu haqida ko'p bor ta'kidlaganman. Men o'zimni idial inson deb hisoblamayman. Men ham barcha singari insonman va mening ham tanam et va suyakdan iborat. Sizlar singari men ham kulaman va yig'layman. Menda ham sizlar singari quvonchli va muammoliy kunlar mavjud. Kerak bo'lmagan so'zlarni aytib qo'yganimni sezsam, doimmo birinchi bo'lib uzr so'rash qo'limdan keladi. Yosh o'tgani sari inson o'z xatolarini yanada yaxshiroq his etib boradi va undan to'g'ri xulosa chiqaradi.

Meni yomon ko'rgan insonlarga qarshi hech qachon reaksiya bildirmaganman. Ular o'zlari sezmagan xolda menga kuchli motivatsiya berishadi. Ayniqsa mehmonda kechadigan o'yinlarda muxlisalrning aksariyati menga bosim o'tkazishga urunishadi. Ochig'i, bu ajoyib. Seni yomon ko'ruvchi insonlardan ham o'zing uchun foyda chiqara olish juda muhim. Bilasizmi, men doim kurashda bo'lishim uchun dushman zarur. Bu ishimning ajralmas bir bo'lagi desam, adashmagan bo'lamiz. Muxlislar to'p mening oyog'imga kelib tushishi bilan xushtak chalishadi. Bunday xolatni birinchi bor 17 yoki 18 yoshimda chuqur his etgan edim. Bu men uchun hech qachon muammo tug'dirmagan. Insonlar mening ustimdan kulishlarini, haqorat qilishlaridan hech qachon xafa bo'lmaganman. Barchasiga futbol maydonida javob qaytarishga harakat qilaman.

BestMaster
11 Yanvar 2020, 01:00
ronaldu, ajoyib, nutq, sozladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 u7777u  
Роналду га омад
11 Yanvar 2020, 07:08
 2007  
ronaldu kot
11 Yanvar 2020, 14:59
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads