Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

2019-yilda qaysi futbolchilarning transfer narxi keskin ko'tarildi?

.
- Yuklab olish

O'rtda qolgan yil davomida transfermarket portal futbolchilarning narxlarini yangilab turishdan to'xtab qolmadi. Bugun ushbu portal ma'lumotlarga tayangan xolda so'nggi 12 oy davomida transfer qiymatida eng katta o'sish kuzatilgan futbolchilar haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.

Meyson Maunt – “Chelsi”

“Derbi”dagi faoliyati davomida Frenk Lempard tomonidan kashf etilgan futbolchining transfer qiymati ko'tarilishi turgan gap. Yosh va iqtirdorli futbolchi Lempard tomonidan tuhfa etilgan imkoniyatdan shu qadar unumli foydalandiki, klub muxlislari uni bir zumda yaxshi ko'rib qolishdi. Ayni damda yarim himoyachi “Chelsi”ning xal qiluvchi futbolchilaridan biri sifatida to'p surmoqda. Uning yil boshida transfer qiymati 12 million evroni tashkil etgan bo'lsa, endilikda bu raqamlar 45 milliongacha ko'tarilidi. Maunt o'sishdan to'xtab qolmasa, kelasi yil so'nggida uning ko'rsatgichlari yanada yaxshilanishi aniq.

Martin Edogor - “Real Sosedad” 

Karierasi qil ustida qolgan iqtidorli futbolchi gollandiyaning “Vittes” jamoasiga o'tdi va barchasini boshidan boshlashga muvaffaq bo'ldi. Yangi mavsumda “Real Sosedad” safida ajoyib o'yinlar ko'rsatayotgan futbolchining transfer qiymati ham o'zi-o'zidan ko'tarilishi turgan gap. Ayni damda Madridning “Real” jamoasi uni ortga qaytarish haqida bosh qotirmoqda. Bugungi kunga kelib Martinning transfer qiymati 50 million evroni tashkil etadi. Bundan bir yil ilgari esa, bu raqamlar 15 million evroga ishora qilayotgan edi.

Ansu Fati - "Barselona"

O'tgan yili futboldagi eng katta kashfiyotlardan biri sifatida e'tirof etilgan futbolchi ko'plab rekordlarni yo'qqa chiqarishga muvaffaq bo'ldi. “Barselona”dagi kadrlar muammosidan unuimli foydalangan futbolchining transfer qiymati ham bir joyda qotib qolgani yo'q. Transfermarket portal futbolchini 40 million evroga baholadi. Bundan bir yil ilgari uning ushbu portalda o'z akauntiham yo'q edi desak ishonasizmi?!

Erling Xoland - "Borussiya Dortmund"

Barcha grand klublarning ishtaxasini qitiqlab “Borussiya Dortmund”ga o'tib ketgan hujumchiga ortiqcha tarifning xojati yo'q chamamda. Erling yosh bo'lishiga qaramay chinakam gol mashnasiga aylanishga muvaffaq bo'ldi. Uning transfer qiymati ham gollarining soni singari kun sayin oshib bordi. Futbolchi ortda qolgan yil davomida 5 million evroga teng transfer narxini 45 ta “limon”ga qadar ko'tarishni uddaladi.

Lautaro Martines - "Inter"

Antonio Konte tomonidan dunyo futboliga olib kirilgan yangi yulduz “Barselona” rahbarlarining tushlariga kirib chiqayotgani rost. Qandaydir yarm mavsum davomida naqd 50 million evroga qimmatlagan hujumchining transfermarketdagi qiymati 80 millionni tashkil etmoqda. Bu hali hammasi emas. “Inter” uzoq kutilgan “skudetto”ni qo'lga kiritsa, bu ko'rsatgich 2020-yilning o'zidayoq sezilarli darajada oshishi mumkin.

BestMaster
8 Yanvar 2020, 04:30
2019-yilda, qaysi, futbolchilarning, transfer, narxi, keskin, kotarildi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 bestking  
fati zoooooooooooor
8 Yanvar 2020, 13:15
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads