"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich "Di Si Yunayted" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi, deb xabar beradi The Athletic.
MLS klubi xorvatiyalik yarim himoyachini sotib olmoqchi va u bilan ehtimoliy hamkorlik tafsilotlarini muhokama qilish uchun muzokaralar olib boradi.
"Di Si Yunited" rahbarlari 34 yoshli futbolchini yaqinda klubni tark etgan Ueyn Runining o'rnini bosuvchi sifatida ko'rmoqdalar.
Eslatib o'tamiz, Modrichning "Real" bilan amaldagi shartnomasi shu yilning iyun oyida yakunlanadi. Ushbu mavsumda yarim himoyachi "Real" safida 18 ta uchrashuv o'tkazib, 4 ta gol va 5 ta assistentik qilgan.