Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xayrulla Hamidovdan anons: Qo'shnilar jangi

.
- Yuklab olish

"Xetafe" "Real"ni oxirgi marta uyida 2012 yil mag'lub etgan ekan. Ehhe, madridliklar tarkibida u davrlar Kasilyas, Ronaldu, Iguain, Di Mariya va Morata kabi yigitlar bo'lardi.

2008 yili ham Madrid qo'shnilari (ya'ni Xetafe shahri Madrid ostonasida joylashgan) shu ishni uddalashganini eslaymiz. "Real" safida Raul, Guti, Van der Vart va Snayder o'ynagan. Zo'r, a?

Qolgan bahslarda Qirollik klubi "Xetafe"ga non bermagan. Enggan, engavergan...

Bugun yana ular to'qnash kelishadi. Lekin oldingi mavsumlardan farqli ravishda mezbonlarning holati maqtashga arzigulik. Jamoa 6-o'rinda boryapti, ikkinchi pog'onadagi "Real" bilan etti ochkolik farq.

Anxel Rodriges (8), Xayme Mata (5) va Xorxe Molina (3) kabi tajribali futbolchilari jamoaning 16 golini urib bo'lishdi. Aytmoqchimizki, "Real" kabi faqat bir hujumchiga termulib qolmagan "Xetafe".

Himoya ham yomonmas, eng kam gol o'tkazganlar ro'yxatida xetafeliklar 4-o'rinda borishmoqda.

Xullas, ushbu faktlarga raqib tomonda kimsan "Real" turganini qo'shamizda, o'ta saviyali o'yin ko'rishga asoslarimiz etarliligini aytamiz.

Uchrashuv vaqti ham ideal - 20:00! Birga kuzatamiz!

BestMaster
4 Yanvar 2020, 14:00
xayrulla, hamidovdan, anons, qoshnilar, jangi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads