Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Vulverxempton» Valexoni «Real»ga qaytirib yuborishga qaror qildi

«Vulverxempton» bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu «Real»dan ijaraga olingan himoyachi Xesus Valexoning taqdiri haqida o'z fikrini bildirdi.

.
- Yuklab olish

«Vulverxempton» bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu «Real»dan ijaraga olingan himoyachi Xesus Valexoning taqdiri haqida o'z fikrini bildirdi.

«Ochig'ini aytishim kerak. Xesus, jamoamizni tark etsa kerak. Boisi, u ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istamoqda.

Valexo — yosh va iqtidorli o'yinchi. Biz uni ijaraga olayotganda undan ko'p narsa kutgan edik, ammo umidimiz ro'yobga chiqmadi. U jamoamizni tark etib, o'ziga boshqa jamoa topishi kerak. U ko'proq o'ynashi va rivojlanishi lozim. Chunki, unda iqtidor bor.

Xesus yaxshi o'ynagan uchrashuvlar bo'ldi, shuningdek, yomon o'ynagan o'yinlar ham bo'ldi. Nazarimda, ijara hech kimga naf keltirmadi», – dedi Santu.

22 yoshli futbolchi APL doirasida 2ta o'yinda maydonga tushib, bitta sariq kartochka oldi.

BestMaster
4 Yanvar 2020, 09:30
«vulverxempton», valexoni, «real»ga, qaytirib, yuborishga, qaror, qildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads