Madridning “Real” klubi Xames Rodriges “Manchester Yunayted” bilan muzokaralarga kirishdi, deya xabar beradi The Independent nashri.
Tomonlar hozirda shartnomaning shaxsiy shartlari bo'yicha kelishuvga e'tiborni qaratgan, biroq Madrid klubi bilan transfer borasida bir qarorga kelmagan. Ma'lum bo'lishicha, “Real” kolumbiyalik futbolchi uchun 70 million evro olishni rejalashtirmoqda.
25 yoshli futbolchining klub bilan tuzgan shartnomas 2020 yil yozida yakuniga etadi.