Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Transfer olamidagi yangiliklar

.
- Yuklab olish

Ushbu ruknimizdagi eng so'ngi ma'lumotlar bilan o'rtoqlashishda davom etamiz.

“Aston Villa” qariya hujumchini qo'lga kiritmoqchi

 

Ayni damda “Chempionship”ga qulab ketish arafasida turgan “Aston Villa” qishki translar chog'ida tajribali futbolchilardan birini xarid qilishga qaror qildi. Unga ko'ra, klub ayni damda Turkiyaning «Trabzonspor» jamoasi hujumchisi Daniel Starridjni APLga qaytarishni mo'ljallamoqda.

Klub rahbarlari jamoani elitada saqlab qolish uchun hujumda rang-baranglik yarata oluvchi hujumchi kerak degan qarorga kelishga. Ingilizlar hujumchi uchun 10 million evro atrofida pul to'lashga umid qilishmoqda. Hozircha Turkiya klubi “Aston Villa”ning taklifiga munosabat bildirganicha yo'q.

Esalatib o'tamiz, Starridj ushbu mavsumda 9 ta o'yinda ishtirok etdi va o'z hisobiga 5 ta gol yozib qo'ydi. Shuningdek 4 ta assist ham.

“Barselona” ikkita futbolchiga qiziqb qoldi

Katoliniyaning “Barselona” jamoasi qishki transferlar chog'ida bir yo'la ikkita futbolchini safga qo'shib olishi mumkin. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotga ko'ra, jamoa “Vulvurhempton” vingeri Adama Traore va “Dinamo Zagreb” yarim himoyachisi Dani Olmoni kuzatib bormoqda. Bu futbolchilar o'z vaqitda Katoloniya akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lishgan va klub ularning kelajagiga ishonqiramay qaragan.

Ayni damda “Barselono” Dani Olmo borasida ilk rasmiy taklifni jo'natgan. Futbolchining narxi aniq ma'lum qilinmagan bo'lsada, bu transfer katoloniyaliklar uchun 12 millionga tushishi tahmin qilinmoqda.

Jan ortga qaytishi mumkin

Turinning “Yuventus” jamoasi yarim himoyachisi Emre Jan qishki transfer oynasi chog'ida jamoasini o'zgartiri tobora oydinalshib bormoqda.

Yarim himoyachining hizmatlari bilan “Borussiya Dortmund” jamoasi jiddiy qiziqib qolgan. “Gazzeta Della Sport” nashri bergan axborotga ko'ra, yarim himoyachi Dortmundni tark etgan Yulian Vayglning o'rnini egallashi tahmin qilinmoqda.

Hozircha tomonlar Emre Janning transfer qiymatini kelishganicha yo'q, biroq transfer amalga oshishi aniqlashib bormoqda.Turin super klubi ustozi Mauritsio Sarri germaniyalik futbolchining hizmatlariga ehtiyoj sezmayotgani bois, “Yuve” Janni jamoada olib qolmoqchi emas.

Eslatib o'tamiz, ushbu mavsumda 25 yoshlik futbolchi atigi 7 ta o'yinda maydonga tushdi.

Eriksen Milanga ketadigan ko'rinadi

Londonning “Tottenhem” klubi yarim himoyachis Kristian Erikson qishki transfer oynasi chog'ida klubni tark etmasligi ham mumkin.

Italiya nashrlarning xabar berishicha, futbolchi va uning agenti bilan “Inter” klubi raxbarlari bir necha bora aloqaga chiqishgan va yozda uni tekinga qo'lga kiritish borasida muzokaralar olib borgan. Bundan tashqari, jamoa futbolchi kichikroq maosh evaziga ham to'p surishga rozi bo'lsa, qishki transfer oynasi chog'idayoq uning tavon puli sifatida 20 milliondan voz kechishga tayyorligini ma'lum qilgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq yarim himoyachining hizmatlari bilan Parijning PSJ va “Manchester Yunayted” klublari qiziqib qolgan edi.


Mourino transferlarga kirishmoqda

Bugun Evropaning bir nechta saytlari “Tottenhem”ning yangi xaridlari borasidagi ma'lumotlarni tarqatishni boshladi. Unga ko'ra, “shporlar” ustozi klub rahbarlaridan ikkita portugaliyalik futbolchini xarid qilishlarini talab qilgan. Bu haqida aily Mail nashri xabar bermoqda.

Unga ko'ra, “benazir”ning birinchi raqamli nishoni “Lester” qanot himoyachisi Rikardu Pereyra bo'lsa, ikkinchisi “Sporting” yarim himoyachisi Bruno Fernandesh. “Shporlar” “Lester” himoyahcisi uchun 30 million evrodan voz kechishga tayyor bo'lsa, Fernandesh uchun 60 milliondan ko'proq taklif qilmoqchi. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Eslatib o'tamiz, Bruno Fernandesh uchun asosiy da'vogar "Manchester Yunayted" yuo'lib turibdiyu

BestMaster
3 Yanvar 2020, 03:00
transfer, olamidagi, yangiliklar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads