Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Real”ning 21 asrdagi 10 ta eng yaxshi futbolchisi

Madridning “Rael” jamoasi o'zining ulkan transferlarni amalga oshirishi bilan boshqa jamoalardan farq qiladi. Bu jamoa libosini qanday yulduzlar kiymadi deysiz?! Ronaldo, Fugu, Ouen, Zidan, Pushkash, Di Stifano… bu nomlarni uzoq davom ettrish mumkin. Shunday bo'lsada, ular orasidagi eng kuchli 10 ta futbolchini alohida qayd etishga qaror qildik. Ular bilan tanishing

.
- Yuklab olish

Madridning “Rael” jamoasi o'zining ulkan transferlarni amalga oshirishi bilan boshqa jamoalardan farq qiladi. Bu jamoa libosini qanday yulduzlar kiymadi deysiz?! Ronaldo, Fugu, Ouen, Zidan, Pushkash, Di Stifano… bu nomlarni uzoq davom ettrish mumkin. Shunday bo'lsada, ular orasidagi eng kuchli 10 ta futbolchini alohida qayd etishga qaror qildik. Ular bilan tanishing

Luka Modrich (2013 yildan beri jamoa tarkibida)

 

Xorvatiyalik yarim himoyachi maydonda u qadar ham ko'zga tashlanmasligi mumkin, biroq uning yo'qligi darrov bilinib qoladi. Zidanning falsafasini ro'yobga chiqarishda eng muhim figuraga aylangan Luka klub tarixida abadiy qolishi aniq.

 

Marselo (2007 yildan beri jamoa tarkibida)

 

Braziliyalik himoyachi “Real”ning ketma-ket g'alabalariga shunchalik katta xissa qo'shdiki, uning ayni damdagi xatolarini o'ylab o'tirmasdan kechib yuborish mumkin. To'g'ri, ayni damda uning o'yinidan pasayish kuzatilmoqda, biroq uning avvalgi mehnatlarini qadrlamaslikka hech kimning xaqqi yo'q.

 

Karlos Kazimiro (2013 yildan beri jamoa tarkibida)

Braziliyalik tayanch yarim himoyachisi vatandoshlaridan farqli o'laroq mudofada kuchli o'yin ko'rsatadi. “Qaymoqranglilar”ning o'yini o'xshamasa ham Kazimiro so'nggi soniyalarga qadar o'z ishini to'liq bajargani bois muxlislar mehrini qozonishga muvaffaq bo'ldi.

 

Karim Benzema (2009-yildan beri jamoa tarkibida)

Er yuzida birorta futbolchi Benzema singari tinimsiz tanqid qilinmagan bo'lsa, ajab emas. Bir tarafdan olib qaralsa, tanqidlarning ayrimlari o'rinli, biroq Karim jamoa tarixidagi 4-o'rindagi to'purar ekanligini unutmaslik lozim. Bugungi kunga kelib Karim jamoaning chinakam etakchilaridan biri darajasiga ko'tarilganini unutmaslik lozim.

 

Klod  Makelele (2000 – 2003)

Zidan vatandoshini “Chelsi”ga sotib yuborishgach u haqidagi eng mashxur iqtibosni keltirgan edi: “Matori yulqib olinga “Bentli” mashinasini bo'yashnin nima keragi bor?” Darhaqiqat, aynan Makalelening bir o'zi Figu, Zidanni oldida bemalol to'p surishi uchun tayanch zonasini bir o'zi berkitishga qodir futbolchi edi.

Zayniddin Zidan (2001 – 2006)


 

Uning murabbiylik borasida erishgan yutuqlari o'z yo'liga. Zidan jamoa libosini kiygan eng kuchli tehnika egasi unvonini hech kimga bermaydi desak, adashmagan bo'lamiz.

 

Raul (1994-2010)

“Real Madrid”ning 21-asrdagi chinakam yuziga aylana olgan hujumchi haqida soatlab gapirish mumkin. O'z o'yini bilan barchani bir necha onga sehrlab qo'yuvchi kamtarin yulduz jamoa uchun o'zini to'liq bag'ishladi. Jamoa unga abadiy shartnoma taklif qilganiga qaramay, sevgan jamoasning manfa'atlari uchun Madridni tark etishga majbur bo'ldi. Mana buni sodiqlik desa bo'ladi!

 

Iker Kasilyas (1998 – 2015)

 

Uni o'qimishli bezori deb atashar edi. Tashqaridan sovuqqon va hotirjam ko'ringa darvozabon jamoasining g'alabasi uchun maydonda chinakam bezoriga aylanar, deyarli iloji yo'q to'plarni olib chiqar edi. Yaqin o'tmishning eng yaxshi darvozabonlaridan biri ayni damda sog'lig'idagi muammolar tufayli ekranlarda ko'rinmay qoldi.

 

Serhio Ramos (2005 yildan beri jamoa tarkibida)

Jamoa safida o'tkazilgan o'yinlari soni bo'yicha 4-o'rinda borayotgan Serhio Ramoasni bejizga “El kapitano” deyishmaydi. 628 ta uchrashuvda ishtirok etgan himoyachi 89 bor raqib darvozasiga yo'l topgan. Bir qarashda uning himoyachi ekanligiga ham ishongin kelmaydi.

 

Ronaldu (2008 – 2018)

Jamoa tarkibida eng ko'p gol kiritgan futbolchi barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanishi hech kimga sir emas. Ortda qolgan 10 yil davomida Ronaldu “Real Madrid”da to'p surgan deyarli barcha afsonalarning rekordlarini yo'qqa chiqaribgina qolmay, barcha muxlislarni ham o'ziniki qilib oldi. Afsuski, o'z faoliyatini Madridda tugatishni istamadi. Aks xolda, klub uni barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchi deb e'lon qilishi ham hech gap emas edi.

BestMaster
2 Yanvar 2020, 23:30
“real”ning, asrdagi, yaxshi, futbolchisi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 realist11  
Ronaldo Realdan ketganiga hozir afsusdamasdur lekin butsani mixga ilgandan keyin ortga qarab Foliyatimni Realda yakunlashm kerak edi deyishi aniq
3 Yanvar 2020, 10:19
 realist11  
Ronaldo Realdan ketganiga hozir afsusdamasdur lekin butsani mixga ilgandan keyin ortga qarab Foliyatimni Realda yakunlashm kerak edi deyishi aniq
3 Yanvar 2020, 10:20
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads