Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronaldu va Messining 2019 yildagi qarama-qarshiligida kim g'olib bo'ldi?

.
- Yuklab olish

Krishtianu va Messi o'rtasidagi qarama-qarshilik 10 yildan beri ularni yanada kuchli qilishda davom etmoqda. Eng qizig'i shundaki, ular o'rtasidagi raqobat portugaliyalik futbolchi «Yuventus» safiga o'tgach ham davom etmoqda. Shunday bo'lsada, ortda qolgan 2019-yilni Messi o'z hisobiga yozib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. Bu ustunlik jamoaviy va shaxsiy yutuqlarda yaqqol ko'zga tashlanib turibdi. Shunga qaramay, Krish o'zining terma jamoasi bilan qo'lga kiritgan ikkinchi sovrinni bilan maqtanishi mumkin. Ayni damda Messi uchun terma jamoada sovrin qo'lga kiritish chinakam orzuga aylanib boryapmiz.

Futbolchilarning statistikasi

Ronaldu mavsum davomida har bir o'yinda o'rtacha 5,2 bor zarba bergan bo'lsa, Leoda bu ko'rsatkich 3,6 taga teng. O'tkir paslar borasida esa ustunlik Leo Messida. Argentinalik futbolchi o'rtacha har bir o'yinda 2,3 bor uzatmani amalga oshirgan bo'lsa, bu natija Ronaldu 1,4 ga teng. O'yin davomida muvaffaqiyatli aldam o'tish borasida ham Leo 3 barobar ustunlik qilmoqda. "Whoscored.com" nashri futbolchilarning mavsum davomidagi umumiy harakatlarini baholar ekan, Ronalduga 7,67 ball berdi. Lionel Messi esa, 8,28 baho oldi va bu borada ham o'zining azaliy raqibini ortda qoldirdi.

Messi qo'lga kiritgan yutuqlar

FIFA talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi futbolchisi.

FIFAning ramziy terma jamoasidan o'rin oldi.

«Oltin butsa»

«Oltin to'p»

ESPN, The Guardin, Marca  nashrlari tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb e'tirof etildi.

«La Liga»ning aprel va may oylarida eng yaxshi futbolchisi

Ronaldu erishgan yutuqlar

Italiyada yil futbolchisi

A ceriyaning eng yaxshi futbolchisi

«Globe Soccer» talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi futbolchisi

 

BestMaster
1 Yanvar 2020, 19:30
ronaldu, messining, 2019, yildagi, qarama-qarshiligida, golib, boldi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 azizjan  
baribir real afsonasi kuchliroq
2 Yanvar 2020, 15:43
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads