Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» Mariano Diasni ijaraga berib yuborishga tayyor

"Real" klubi hujumchi Mariano Diasni boshqa jamoaga ijaraga berishi mumkin.

.
- Yuklab olish

"Real" klubi hujumchi Mariano Diasni boshqa jamoaga ijaraga berishi mumkin. Shu bois, "Qirollik klubi" dominikanlik futbolchi uchun kelib tushadigan taklifni ko'rib chiqishga tayyor.

Diasning sobiq klubi — "Lion" futbolchiga da'vogarlik qilmoqda. Hujumchi 2017/2018 yilgi mavsumda ushbu jamoa sharafini himoya qilib, Liga 1da 18ta gol urgan. Hozirda "Lion" hujum chizig'ida muammolarga duch kelgan: Depay og'ir jarohat olgan bo'lsa, Traore va Korne yaxshi o'yin namoyish qila olishmayapti, Mussa Dembele tezroq Angliya chempionatiga ko'chib o'tish haqida o'ylamoqda. Lionliklar Diasning 2 million evro miqdorida yillik maoshini to'lashni o'z zimmalariga olishmoqda.

Ma'lumot o'rnida. Mariano Dias "Real" safida birorta o'yinda maydonga tushmadi. Zidan uni atigi bir marta qaydnomaga kiritdi. Futbolchi so'nggi marta 5 may kuni "Real" futbolkasida maydonga tushgan edi.

BestMaster
1 Yanvar 2020, 00:30
«real», mariano, diasni, ijaraga, berib, yuborishga, tayyor,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads