Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Tottenxem» «Real»ga Eriksen va Beylni almashishni taklif qildi

Qishki transfer paytida "Real" va "Tottenxem" futbolchi almashtirish borasida ulkan ishga qo'l urishi mumkin.

.
- Yuklab olish

Qishki transfer paytida "Real" va "Tottenxem" futbolchi almashtirish borasida ulkan ishga qo'l urishi mumkin.

"El Desmarque" tarqatgan xabarga ko'ra, "shporlar" "qaymoqranglilar"ga yarim himoyachi Kristian Eriksen va 30 million evro taklif qilib, evaziga Garet Beylni so'radi.

Eslatib o'tamiz, uelslik futbolchi 2007-2013 yillarda londonliklar sharafini himoya qilib, shundan so'ng "Real"ga o'tib ketgan edi.

Eriksen ushbu mavsumda "Tottenxem" safida 21ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 3ta golga uzatma berdi. Transfermarkt uni 90 million evro baholagan. 27 yoshli futbolchining "shporlar" bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning yozida yakuniga etadi.

30 yoshli Beyl ushbu mavsumda "Real" safida 13ta o'yinda ishtirok etib, 2ta gol urdi va 2ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt uni 40 million evro baholagan.

BestMaster
27 Dekabr 2019, 23:30
«tottenxem», «real»ga, eriksen, beylni, almashishni, taklif, qildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 todibo  
Beyldan erikson mun esse yagshiku
29 Dekabr 2019, 03:43
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads