Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» ketma-ket uchinchi o'yinda durang o'ynadi

Ispaniya chempionatining 18-turi doirasida "Real" o'z maydonida "Atletik"ni qabul qildi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 18-turi doirasida "Real" o'z maydonida "Atletik"ni qabul qildi.

Zidan shogirdlari birinchi bo'limda kamida uchta yuz foizli imkoniyatdan foydalana olishmadi. Uchrashuvning 12-daqiqasida Vinisius yakkama-yakka vaziyatga chiqib zarba berdi, mehmonlar posboni Unay Simon oyog'i bilan to'pni qaytardi.

Oradan 8 daqiqa o'tib Ttoni Kroos ajoyib yurish bilan raqib jarima maydoniga kirdi va darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatda zarba berdi. To'p to'singa tegib qaytdi.

34-daqiqada esa Karim Benzema "Atletik" posboni bilan yakkama-yakka vaziyatda Unay Simonni aldab o'tdi va o'tkir burchak ostida zarba berdi. Himoyachi Nunes esa tovoni bilan to'pni qaytarib qoldi. Qaytgan to'pni Vinisius egallagandi, ammo boshqa himoyachi undan to'pni olib qo'yib, xavfni bartaraf etdi.

"Atletik"-chi? Ular tanaffusga qadar ikkita xavfli vaziyatni yuzaga keltirishdi. Bir vaziyatda yo'llangan zarbani Kurtua egallab oldi. Ikkinchisida esa Inyaki Uilyams "Real" darvozasini ishg'ol qildi. Ammo u to'pni qabul qilish chog'ida kichik ofsaydda bo'lgani uchun gol bekor qilindi.

Ikkinchi bo'limning 59-daqiqasida yana bir marta mehmonlar darvozasi to'sinini titratdi. Kroos burchakdan to'pni o'yinga kiritganidan so'ng Nacho yaqin masofadan bosh bilan zarba bergan edi.

O'yinning asosiy vaqti tugashiga 4 daqiqa qolganida Yovich penalti nuqtasi ustidan bosh bilan zarba yo'lladi. To'p esa bu safar ustunga tegib qaytdi.

Shu tariqa, "Real" katta ustunlikka ega bo'lishiga qaramay, "Atletik"ga qarshi o'yinda 2 ochko yo'qotdi. Bungacha Zidan jamoasi "Valensiya" va "Barselona" bilan durang o'ynagan edi. "Qirollik klubi" 2019 yilni 37 ochko bilan La liga jadvalida 2-o'rinda yakunlaydigan bo'ldi.

Ispaniya La ligasi, 18-tur
Real Madrid – Atletik 0:0 (0:0, 0:0)
Real Madrid – Kurtua, Ramos, Militao (Nacho, 57), Karvaxal, Mendi, Kroos, Modrich, Rodrigo (Beyl, 62), Valverde, Vinisius Junior (Yovich, 72), Benzema.
Atletik – Unai Simon, Berchiche, Martines, Yeray Alvares, Lekue, Raul Garsiya, Vesga, Dani Garsiya, Nunes, Kodro (Vilyalibre, 73), Uilyams (Benyat, 86).
Ogohlantirish: Ramos (87).

BestMaster
23 Dekabr 2019, 03:30
liga, «real», ketma-ket, uchinchi, oyinda, durang, oynadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads