Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidanning uyini tunab ketishdi

"Real" klubi bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning uyini o'g'rilar tunab ketishdi.

.
- Yuklab olish

"Real" klubi bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning uyini o'g'rilar tunab ketishdi. Bu haqda As nashri xabar tarqatdi.

O'g'rilik yuz bergan paytda Almeriya provintsiyasining Lubrin shahrida joylashgan uyda hech kim bo'lmagan. Jinoyat yuzasidan politsiyaga murojaat qilindi. Hozircha boshqa tafsilotlar ma'lum qilinmadi. O'g'rilar xonadondan qanday boyliklarni olib chiqib ketgani haqida ham ma'lumot mavjud emas.

Zidan uch qavatli uyni 2010 yilda sotib olgan. U provintsiya markazidan 72 km olisda joylashgan. Murabbiy jurnalistlar ta'qibidan uzoqroqda bo'lish uchun atayin chetroqdan uy topgan.

So'nggi paytlarda Ispaniyada futbolchilar o'g'rilardan tez-tez jabr chekishmoqda. Avvalroq Kazemiro, Vaskes, Zidan, Isko, Benzemaning uyiga yovuz niyatli kishilar kirishgan. O'g'rilar odatda futbolchilarning uyda yo'q paytini poylab kirishadi.

BestMaster
22 Dekabr 2019, 23:00
zidanning, uyini, tunab, ketishdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads