Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Yaxshi Valverde, yomon Valverde

“Kamp Nou”dagi spektakl haqida istagancha fikr bildirish mumkin. Tanqidga ham, maqtovga ham asos etarlicha.

.
- Yuklab olish

“Kamp Nou”dagi spektakl haqida istagancha fikr bildirish mumkin. Tanqidga ham, maqtovga ham asos etarlicha.

Men o'zimda alohida taassurot qoldirgan ikki shaxs haqida gapirmoqchiman. Ikkalasi ham Valverde. Gap kimlar haqida ekanligini tushundingiz.

Kechagi “el-klasiko”da “Real” safida meni hayron qoldirgan futbolchi Federiko Valverde bo'ldi. Bu hayratning sababi shundaki, Valverde kecha o'zining darajasidan bir bosh baland o'ynadi. Zidanning ko'rsatmalarini kamchiliksiz bajardi. Hatto gol ham urib qo'yishi mumkin edi.

“Real” safida undan zo'r o'ynaganlar ham bo'ldi-ku, dersiz. Haqsiz. Ammo gap bu erda futbolchining darajasi va o'yini o'rtasidagi mutanosiblik haqida ketyapti. Kecha Federiko ana shu mutanosiblikni ijobiy tomonga buzib tashladi. Kecha Federiko Messi va uning jamoadoshlarini to'xtatishga munosib hissa qo'shdi. Kecha Federiko markazda juda yaxshi harakat qildi. Demakki, “qirollik klubi” yana bir ajoyib markaziy yarim himoyachiga ega bo'lyapti. Bu  — Zidanning kashfiyoti.

Endi ikkinchi Valverdega o'tamiz. Ernesto Valverdening kechagi holati menda shunday taassurot uyg'otdi: “Barselona” futbolchilari Valverdega ishonmay qo'yishgan. Ya'ni, nazarimda, futbolchilar Ernestoni “tajribali, maslahatlari bizga g'alaba olib keladi”, deya hisoblashmayapti va qisman murabbiy tavsiyalariga amal qilgan holda o'z bilganlaricha o'ynashyapti. Chunki kechagi “el-klasiko”da “Barselona” futbolchilarida qandaydir ishtiyoq sezilmadi. To'g'ri, “Real” ham kuchli harakat qildi, ammo kecha Kataloniya klubi o'z darajasida o'ynay olmagani bor gap. Bunda esa eng katta aybdor — Valverde. Taqqoslash uchun, “qirollik klubi”ning kechagi o'yini — Zidanning tuni bilan mijja qoqmay o'ylab chiqqan usullari mahsuli. “Barselona”da esa hamma narsa qorishiq: futbolchilar murabbiyning fikrini inobatga olay desa, ishonch yo'qolgan, o'z bilganimizcha o'ynay desa, har holda, murabbiy...

Oddiy haqiqat bor: “Ferrari” yaxshi yuradi, texnik jihatdan soz, hamma narsasi joyida, ammo poygada omadi chopmayapti, kerakli tezligiga chiqa olmayapti. Chora bitta — haydovchini almashtirish. Hozirgi “Barselona” hozirgi holatida ham kechagidan yaxshiroq o'ynay olardi. Har holda Kataloniya klubi kecha menga o'z imkoniyatlari darajasida o'ynamagandek tuyildi.

Ayni damda yana bir taxmin tarqaldi: siyosiy o'yin. Rus saytlarida “Kamp Nou”dagi durang Kataloniya va Ispaniya o'rtasidagi siyosatning “mahsuli” qabilidagi fikrlar ham tarqaldi. Nima bo'lganda ham, kechagi o'yinni inobatga olganda ham Ernesto Valverde “Barselona” muxlislari va futbolchilari uchun “yomon amaki”ga aylanib ulgurgani fakt.

Ushbu mavsum yakuniga qadar hali yana “el-klasiko” ko'ramiz. Hozircha keyingi “klasiko”lar haqida fikr bildirish mushkul. Chunki bugungi jarayondan kelib chiqib “Barselona” va “Real”ning ertangi kuni haqida nimadir deyish mushkul.

Nizomjon ISLOMOV

 

 

BestMaster
19 Dekabr 2019, 18:00
yaxshi, valverde, yomon, valverde,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads