Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"El-Klassiko"da golsiz durang qayd etildi

"Barselona" hamda "Real" o'rtasidagi uchrashuv yakuniga etdi.

.
- Yuklab olish

Barcelona

LaLiga . 10-tur

19/12/2019, 00:00

0 : 0 Tugadi

Real Madrid

Stadion: Camp Nou, 93426 tomoshabin

Bosh hakam: Alejandro Hernandez

45' 90' 21'  Ivan Rakitic40'  Luis Suarez45'  Clement Lenglet55'  Nelson Semedo (Arturo Vidal)83'  Antoine Griezmann (Ansu Fati)66'  Casemiro70'  Gareth Bale76'  Isco78'  Sergio Ramos80'  Isco (Rodrygo)80'  Federico Valverde (Luka Modric)90'  Daniel Carvajal Match-senterda ochish

"Barselona" – "Real" 0:0

"Kamp Nou"

"Barselona": Ter Stegen, Semedu (Vidal, 55), Langle, Alba, Serdji Roberto, Rakitich, de Yong, Pike, Suares, Messi, Grizmann (Fati, 83).

"Real": Kurtua, Mendi, Varan, Ramos, Karvaxal, Kroos, Valverde (Modrich, 80), Isko (Rodrigo, 80), Kazemiro, Beyl, Benzema.

Ogohlantirishlar: Rakitich (21), Suares (40), Langle (45), Kazemiro (66), Beyl (70), Isko (76), Ramos (78), Karvaxal (90).

Uchrashuv yakunlandi! 0:0

90+2. Karvaxal maydon markazida Fatini yiqitdi va sariq kartochka bilan jazolandi.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. "Barselona" hujumga o'tdi. Fati to'pni Suaresga uzatdi, Luis esa noqulay vaziyatda turishiga qaramay zarba berdi va to'pni oldirdi.

87. Fati o'z jamoasi uchun burchak zarbasi ishlab oldi. Burchak zarbasidan so'ng Suares to'pga zarba berdi, ammo noaniq.

83. O'zgarish: Grizmann o'rniga Ansu Fati maydonga tushdi.

82. Beyl to'p uchun kurashda Langle bilan to'qnashib ketdi va unga shifokorlar yordam ko'rsatishmoqda.

80. O'zgarish: Isko o'rniga Rodrigo, Valverde o'rniga Modrich maydonga tushdi.

78. Kartochka olish navbati Ramosga keldi. Serxio Messini to'xtatib qolgani uchun jazolandi.

76. Grizmannga qarshi qo'pol o'ynagan Isko sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

74. "Barselona" tezkor hujum amalga oshirdi va u Suaresning noaniq zarbasi bilan yakun topdi.

72. GOL! YO'Q! Yon hakam bayroqchasini ko'tardi. VARga murojaat qilinyapti. Hakam golni hisobga olmadi va ofsayd deb hisobladi.

72. ZARBA! De Yong o'zi hujumni tashkil qilib, uni o'zi yakunlashga urindi, biroq zarbadan so'ng to'p to'g'ri Kurtua qo'liga borib tushdi.

70. Beyl yana vaziyat qahramoni. Garet xordi Albaga nisbatan qoida buzib, qarshi hujumni oldini olishga urindi, ammo hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

68. BEYL! Uelslik qarshi hujumning so'nggi pasini qabul qildi va darvozaga zarba berdi. Noaniq.

67. Messi jonli devorni nishonga oldi va endi hujum qaytadan tashkil qilinadi.

66. Kasemiro Suaresga nisbatan qoida buzdi va sariq kartochka bilan jazolandi. Lionel Messi bu masofadan o'zini sinab ko'rishi mumkin.

60. "Real" jarima maydonchachsi ichida xavfli vaziyat sodir bo'ldi va u Suaresning yiqilishi bilan yakunlandi. Hakam qoida buzilmaganini ko'rsatdi.

58. "Barselona" "Real" taktikasini qo'llashga urinib ko'rdi. Serxi Robertoning havolatib uzatgan to'pini Kurtua egallab oldi.

55. O'zgarish: Semedu o'rniga Vidal maydonga tushdi. Serxi Roberto endi o'ng qanot himoyachisi rolini bajaradi, chililik esa markazda harakat qiladi.

54. Bugungi bahsni ko'rish uchun stadionga 93 426 nafar muxlis tashrif buyuripti.

53. Arturo Vidal maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Oldinroq, Vidal asosiy tarkibda o'ynamagani uchun tonngi mashg'ulotlarni tark etgani haqida xabarlar o'qigan edik.

49. Messi ikki futbolchini aldab, raqib maydonchasiga yorib kirdi, ammo uning uzatmasi manziligacha etib bormadi, chunki himoyachi bunga imkon bermadi.

48. Zinedin Zidan tanaffusda yigitlarga reja ish berayotganini aytgan shekilli, mehmon jamoa vakillari birinchi bo'limdagi kabi qanotlardan uzatmalar orqali hujum qilmoqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Tarkiblarda o'zgarish bo'lgani yo'q.

01:00. Jamoalar maydonga qaytishmoqda.

Yuri de Yong (Frenkning ukasi) va Mikki Kimeney (Frenki de Yongning sevgan qizi)

00:47. Bizdan uzoqlashmang, uchrashuvdan eng qaynoq suratlarni taqdim etamiz.

TANAFFUS!

44. VALVERDE! Yo'q bu murabbiy emas, bu "Real" futbolchisi. Federiko ter SHtegen darvozasiga aniq zarba berdi, biroq germaniyalik posbon bu safar ham ishonchli o'ynadi.

43. "Barselona" "Real" darvozasi oldida pressing uyushtirdi, ammo to'pni olib qo'ya olmadi.

41. MESSI! Leo to'pni Albaga juda qulay uzatib berdi. Xordi esa darvozaga zarba bera olmadi. 

40. Luis Suaresga sariq kartochka ko'rsatildi. Urugvaylik Kasemironing oyog'ini bosib olgan ekan.

35. Semedu o'z qanotidan ajoyib hujum boshladi, ammo elkama-elka kurashda Mendi ustun chiqdi va to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.

34. O'yin tempi biroz pasaydi. Jamoalar nafas rostlab olishmoqda.

30. "Barselona" hujumga o'tdi. Alba to'pni raqib maydoniga kirib borayotgan Serxi Robertoga uzatdi, to'p qaytarildi. Qaytgan to'pni Messi darvozaga yo'lladi va bu safar ham zarba qaytarildi.

28. "Real" futbolchilari to'pni qanotdan-qanotga uzatib, to'pni raqib maydonchasiga havodan uzatishga harakat qilishmoqda. Zinedin Zidanning taktikasi Kataloniya klubiga jiddiy muammolar tug'dirmoqda.

25. "Real" futbolchisi to'pni o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasi ichiga tashladi. Germaniyalik posbon to'pni qaytardi, qaytgan to'p yana "Barselona" darvozasiga yo'llandi. Bu safar ham ter SHtegen o'z jamoasi joniga oro kirdi.

24. "Barselona"da faqat Messi faol, "Real"da esa deyarli barcha futbolchilar jon jahti bilan harakat qilmoqda.

21. Uchrashuvdagi dastlabki sariq kartochka Rakitichga ko'rsatildi. Ivan Iskoni ochiqchasiga to'xtatib qoldi.

19. "Barselona" jarima maydonchasiga bo'layotgan uzatmalar Varanning qo'polligi tufayli to'xtadi. Hakam fol borligini qayd etdi.

18. Burchk zarbalari davom etmoqda, havodagi kurashda faqat "Real" zafaq quchyapti, ammo to'p darvozaga kirayotgani yo'q. Har safar himoyachilar xavfni bartaraf qilishmoqda.

17. Kasemiro uzoqdan zarba berib, raqib darvozasini ishg'ol qilishga urindi, to'p "Barsa" futbolchisiga tegib maydonni tark etdi. Burchakdan uzatilgan to'pni Kasemiro bosh bilan darvozaga burdi va chiziq ustida Pike to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Hujum davom etmoqda...

11. "Barselona" tezkor hujum amalga oshirdi. Alba o'z qanotida to'pni qabul qilib, uni raqib jarima maydonchasi ichiga uzatishga qaror qildi, ammo to'p Karvaxalga tegib qaytdi, hamma to'p qo'lga tegdi deb o'yladi, biroq takroriy lavhada bunday emasligi malum bo'ldi.

10. Uchrashuvdagi dastlabki aniq zarba Benzema hisobiga yozildi. Karim Iskoning ajoyib uzatmasidan so'ng darvozaga noqulay turgan bo'lsa ham zarba berishga qaror qildi. Ter SHtegen to'pni ushlab oldi.

9. Messi bugun odatdagidanda faolroq. U yarim himoya va himoyada jamoadoshlariga yordam beryapti. Bunaqasini har doim ham ko'ravermaysiz.

5. Serxio Ramos "El-Klassiko"lar rekordchisiga aylandi. Ispaniyalik sardor bugun 43 marta ushbu to'qnashuvda ishtirok etmoqda.

4. Messi ajoyib hujumni boshlab berdi. Leo oldinga o'tayotgan Xordi Albani ko'rdi va tezlik bilan to'pni unga uzatdi, himoyachi esa o'zigacha etib kelgan to'pni tezda Suaresga yo'llashga harakat qildi, ammo pas manzili noaniq bo'ldi.

2. Valverde dastlabki tarkibga Serxio Busketsni qo'shgan edi, ammo bir necha daqiqa o'tib murabbiy Buskets o'rniga Rakitichni tarkibga kiritdi.

1. Uchrashuv boshlandi. Tarkiblar bilan pastroqda tanishib olishingiz mumkin.

--------------------------------------------------------------------------------------------------------

23:57. Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

23:54. Odatga ko'ra, "Barselona" va "Real" prezidentlari uchrashuvni stadion tribunasidan birgalikda tomosha qilishadi.

23:52. Malumotlarga ko'ra, bugun tongda Arturo Vidal asosiy tarkibda tushmasligini eshitganidan so'ng mashg'ulotni tark etgan ekan.

23:49. "Real" va "Barselona" stadionga ustida hech qanday yozuvi bo'lmagan avtobuslarda kirib kelishdi. Bu ish xavfsizlik nuqtai nazaridan qilingan.

23:41. Bugungi uchrashuvni boshqarib boradigan bosh hakam Alexandro Ernandes Ernandes haqida qiziqarli malumotlar:

1) Ushbu referi bir necha yildan beri LaLigada ishlayotgan bo'lishiga qaramay, u hech qachon evrokuboklar pley-offida o'yin boshqarmagan

2) Ernandes Ernandes 2017 yil "Barselona"ning "Betis" darvozasiga urgan toza golini hisobga olmagan. O'shanda to'p chiziqni to'liq kesib o'tgan edi

3) Alexandro "Real" ishtirokidagi 20ta uchrashuvda ishlagan. Ularning 12tasi "Real"ning g'alabasi, 6tasi madridliklarning mag'lubiyati bilan yakunlangan. Qolgan 2tasi durang

4) Ernandes Ernandes 3ta "El-Klassiko"da 20ta sariq va 3ta qizil kartochka ko'rsatgan.

23:37. "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze ayni damda o'g'li bilan "Kamp Nou" stadionida ekan.

"Barselona" - "Real"

"Barselona": Mark-Andre ter SHtegen, Nelson Semedu, Jerar Pike, Kleman Langle, Jordi Alba, Serdji Roberto, Ivan Rakitich, Frenki de Yong, Lionel Messi, Luis Suares, Antuan Grizmann. 

"Real": Tibo Kurtua, Daniel Karvaxal, Rafael Varan, Serxio Ramos, Ferlan Mendi, Toni Kroos, Kazemiro, Federiko Valverde, Garet Beyl, Karim Benzema, Isko.

BestMaster
19 Dekabr 2019, 02:00
el-klassikoda, golsiz, durang, qayd, etildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads