Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Barselona" - "Real". Prevyu

Bugun tunda bizni "El-Klassiko" nomli bir yarim soatlik ajoyib bahs kutib turibdi.

.
- Yuklab olish

Ushbu uchrashuv futbol muxlislarini ikkiga bo'lib qo'yadi. 

"Kamp Nou"da bo'ladigan bahs munosabati bilan bu o'yin haqidagi qiziqarli malumotlarni etiboringizga havola qilamiz.

Turnir jadvalidagi holat

CHempionatning birinchi davrasi yakuniga etay deb qolganda "Barselona" va "Real" boshqa ispan klublaridan uzoqlashib oldi. Ular bir xil ochko to'plashgan. So'nggi turda ikkala grand sinxron ravishda ochko yo'qotishdi. "Sosedad" "Barselona"ga jiddiy muammolar tug'dirgan bo'lsa, "Valensiya" o'z ananasiga sodiq qolib, "Mestalya"da "Real" bilan durang qayd etdi.

Yakkapeshqadamlik uchun kurash

Anchadan beri ikki grand teng ochko to'plab, jadvalda etakchilik qilmagan edi. Umuman olganda "Barselona" kuchliroq ko'rinmoqda, biroq maydon markazida balans yo'q va bu boshqa chiziqlarga ham tasir ko'rsatmoqda. SHu bilan birga joriy mavsum ishga jarohatlar aralashdi. Messi, Suares, Alba, bugun ularning har biri "Barselona" uchun muhim, ularning har biri jarohat olib, safdan chiqdi va bu tezda tasir ko'rsatdi. Jamoaning saviyasi bu kamchiliklarni "suvab" ketishga yordam berdi.

"Real" ham o'yiniga yarasha etakchi bo'lib turibdi. Madridning superklubi mavsum startida o'ziga o'xshamadi, ammo hozir yaxshi formada va futbolchilar bir-birini yaxshi tushuna boshlashdi. Madridliklarga mavsum boshidan beri jarohatlar halal beryapti, ammo Zidan ishongan ijrochilar vaziyatni o'nglab turibdi. Bugungi kunda "Real" "Barselona"dan kuchsiz emas, ammo bitta bahsda hamma narsa bo'lishi mumkin.

Buskets va Kasemiro - "El-Klassiko"ning soyadagi qahramonlari

"El-Klassiko" so'nggi o'n yillikda Messi hamda Ronaldu o'rtasidagi jangga aylandi. Barcha maqtov, etibor va xatto tanqidlar ularga nasib qildi. Ammo jamoani umumiy tizim sifatida oladigan bo'lsak, bosh rolga boshqalar chiqadi.

"Barselona" tizimida Busketsning roli muhimligini hamma yaxshi biladi. Bu narsa Serxio maydonga tushmagan bahslarda sezilib qoladi. Aynan u himoya va hujum o'rtasidagi bog'lovchi vazifasini bajaradi, aynan u jamoani pressingdan olib chiqib ketadi.

O'tgan tur dam olgan Kasemironing vazifalari Serxionikidan kam bo'lmaydi. "Real" qanday himoyalanishini hisobga olsak, braziliyalik bir o'zi katta hududni yopib, Leo Messining qanotdan hujumlarini to'xtatishga urinadi. Kasemiro bu vazifani ilk marta bajarmayapti. Bu futbolchilarning har qanday xatosi jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin.

Zidanning rejasi va Valverde taktikasi

Bor masuliyatni futbolchilarga ag'darish noto'g'ri, xatto ular dunyo darajasidagi o'yinchi bo'lsa ham. Bu bahsga eng katta tasirni murabbiylar ko'rsatadi. Zidan shogirdlaridan maksimal foyda olishni biladi. Hozir "Real"ning asosiy etakchisi Eden Azar jarohatlangan, Marselo ham yo'q. Zidan chap qanot muammosini hal qilishi lozim. Odatda bu qanotdagilar jamoaning yarim vazifasini bajaradi. Marselo yo'qligi hujumda jiddiy kamchiliklarga sabab bo'lishi mumkin.

Valverde "Real"dagi yo'qotishlar tanganing faqat bir tomoni ekanligini yaxshi biladi. Uning boshqa tomoniga qarasak, Marselo o'rnini Mendi egallaydi va u braziliyalik kabi orqasida katta bo'sh joy qoldirmaydi. Valverde ko'pincha o'yin starti uchun rejalarda adashyapti, biroq o'zgarishlarni to'g'ri amalga oshirmoqda. Valverdening zaxirasi "Real"nikiga qaraganda "boyroq", demak, Ernesto o'zini ko'rsata oladi.

Taxminiy tarkiblar

"Barselona": Ter SHtegen, Alba, Langle, Pike, Roberto, Buskets, De Yong, Rakitich, Grizmann, Messi, Suares.

"Real": Kurtua, Mendi, Ramos, Varan, Karvaxal, Kasemiro, Kroos, Modrich, Rodrigo, Beyl, Benzema.

BestMaster
18 Dekabr 2019, 15:45
barselona, real, prevyu,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads