Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xayrulla Hamidovdan anons: Bugun Evropada katta o'yin

Mezbon – o'zini mustamlaka his etadigan yurt vakillari.

.
- Yuklab olish

Mezbon – o'zini mustamlaka his etadigan yurt vakillari.

Ilg'orlari mustaqillik haqida bot-bot bong urib turishadi.

Mehmon esa, mamlakatning bosh jamoasi.

Maydonda oltin to'plarni qalashtirib tashlagan yulduz harakat qiladi.

Turnir jadvaliga o'zgartirish kiritadigan o'yin.

Ayniqsa, mehmonlar g'alaba qozonishsa, jadvalda yana peshqadamga aylanib olishadi.

Ushbu uchrashuvni o'tkazib yuborish mumkin emas: "Sampdoriya" – "Yuventus"!

Soat 22:55da boshlanadi, yodingizdan chiqmasin!

Ha, ha, Genuya bir paytlari alohida Respublika bo'lgan va hozirgi kunda o'zini Italiya bag'rida mustamlaka his etadi. Mustaqillik haqida ash'orlar bitguvchi isyonkor shoirlari bilan tanilgan.

"Yuventus"da besh karra Oltin to'p sohibi bor va Italiyaning bosh jamoasi g'alabaga erishsa, taxtiga qaytadi.

Mana shunday uchrashuvning ikkinchi bo'limi boshlanayotgan payt Ispaniyada 10-turning qoldirilgan bir o'yini o'tkaziladi: "Barselona" "Real"ni qabul qiladi. Ana shu uchrashuvda Hasan Turdaliev bilan birgalikda ishlaymiz.

Genuyadagi o'yinning ikkinchi bo'limini ko'rasizmi, bizning o'yinga o'tasizmi, o'zingiz bilasiz. Lekin tunni bedor o'tkazishingizni hozirdanoq ayta olamiz:)

Xullas, "el-klasiko"ga ortiqcha ta'rif topa olmadim.

Ko'rishguncha!

Xayrulla HAMIDOV

BestMaster
18 Dekabr 2019, 08:30
xayrulla, hamidovdan, anons, bugun, evropada, katta, oyin,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads