Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Barselona" "Bernabeu"da kuchliroq, "Kamp Nou"da esa qiynaladimi?

Muxlislar olqishi. Mezbonlik hissi. O'z uyida xo'jayin ekanligini isbotlashga intilish. Bu aksar mezbon jamoalarda kuzatiladigan holat. Messining fikricha, «Real»da ham bu jihat bor.

.
- Yuklab olish

Muxlislar olqishi. Mezbonlik hissi. O'z uyida xo'jayin ekanligini isbotlashga intilish. Bu aksar mezbon jamoalarda kuzatiladigan holat. Messining fikricha, «Real»da ham bu jihat bor.

Argentinalik futbolchi haq. Negaki «qaymoqranglilar»ni «Santyago Bernabeu»da engish juda qiyin masala. Axir qarshingda yuz mingga yaqin muxlislar seni olqishlab tursa, tag'in sen «Dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri» deya nomlangan klubda o'ynasang, jon-jahding bilan harakat qilasan. «Real» o'z uyida istalgan raqibni keragidan ortiq darajada muammolarga duchor qila oladi.

«Barselona» etakchisi Lionel Messining fikricha, «Barselona»ga qarshi o'yinlarda ana shu jihat «Real»ning zarariga ishlarkan. Kataloniya klubi etakchisi buni shunday izohladi: "Bernabeu" da o'ynasak, biz ko'proq erkin hududlarga ega bo'lamiz. «Real» ko'proq hujum qiladi, chunki ular mezbon va doim oldinga intilishadi, ustunlikka erishishga harakat qilishadi. Bu esa qarshi hujumlarda bizga ochiq hududlar yaratib beradi, yoki raqib xato qilganida ham bo'sh zonalar ko'p bo'ladi». Mantiqan to'g'ri. Aksariyat hollarda qarshi hujumda raqibni ochiq zonalarda ushlaydigan «Real»ning o'zida ham shu kamchilik seziladi ba'zan. Umuman, katta kuch bilan hujumga tashlangan jamoa raqib kutilmaganda qarshi hujumga o'tganida ochiq hududlarni yopishga ulgurmay qoladi. Xususan, «Real» ham. Ehtimol, shuning uchun aynan Messi «Real» maydonida ko'plab gollar urishni uddalagan.

Ertaga «Real» raqib maydonida o'ynaydi. Messi bu haqda ham fikrini aytdi. «Real» «Kamp Nou»da boshqacha o'ynaydi. Pressingni kuchaytiradi, ehtiyotkorlikni oshiradi, ko'proq qarshi hujumlarda hujumchilarining tezligiga tayanib harakat qiladi. Bu esa «Barselona» uchun qiyinchilik tug'diradi. Biz o'z uyimizda o'ynaganga qaraganda mehmonda o'ynasak, «Real»ni mag'lub etishimiz osonroq bo'ladi. Chunki mehmonda 90 daqiqa ochiq o'yin bo'ladi, uyimizda esa yopiq va qiyin o'yin o'tkazamiz», dedi Messi.

Ko'ramiz, ertangi o'yinda qanday stsenariy guvohiga aylanar ekanmiz? Shunisi aniqki, tarkib va jamoalarning holatidan qat'i nazar, «el-klasiko», baribir, «el-klasiko».

Nizomjon ISLOMOV

BestMaster
17 Dekabr 2019, 17:00
barselona, bernabeuda, kuchliroq, kamp, nouda, qiynaladimi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads