Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Barselona" va "Real" "El-Klassiko" kuni stadionga oddiy avtobuslarda yo'l olishadi

Ertaga, 18 dekabr kuni futbol olamidagi eng kutilgan bahslardan biri - "Barselona" - "Real" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

.
- Yuklab olish

Jamoalar bahs o'tkaziladigan kun stadionga bitta mehmonxonadan yo'l olishadi, deya xabar bermoqda Ispaniyaning Sport.es nashri. Malumotlarga ko'ra, bu ishlar jamoalar xavfsizligini taminlash uchun qilinmoqda, chunki shaharda Kataloniya mustaqilligi uchun namoishlar o'tkazilyapti.

Ispan nashri malumoti bo'yicha, o'yin kuni Ernesto Valverde shogirdlari stadionga odatdagidek tashrif buyurishmaydi. Ular kun yarmida "Princesa Sofia" mehmonxonasiga yig'ilib, o'sha erdan arenaga yo'l olishadi. Mehmonxonada ikki klub vakillariga binoning turli qismlaridan xonalar ajratiladi.

"Real" ham aynan shu mehmonxonadan yo'lga chiqadi. "Princesa Sofia" oteli "Kamp Nou"dan 600 metr uzoqda joylashgan. Bundan tashqari, jamoalar stadionga klub avtobuslarida emas, oddiy - hech qanday yozuvlari bo'lmagan avtobuslarda tashrif buyurishadi.

"Qirollik klubi" Kataloniyaga o'yin kuni uchib boradi, ammo futbolchilarning xavfsizligi to'liq taminlanmasa, futbolchilar samolyotni tark etmasligi haqida malum qilindi.

"Barselona" hamda "Real" o'rtasidagi ushbu bahs aslida 26 oktyabr kuni o'tkazilishi kerak edi, biroq Kataloniyadagi namoyishlar tufayli o'yin 18 dekabrga ko'chirildi.

BestMaster
17 Dekabr 2019, 14:30
barselona, real, el-klassiko, kuni, stadionga, oddiy, avtobuslarda, olishadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads