Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Foto  Kurtua gol urishi mumkin edi, "Real" aynan u tufayli mag'lubiyatdan qutilib qoldi

"Real" "Valensiya"ga qarshi bahsning qo'shib berilgan beshinchi daqiqasida gol urishga erishdi va hammasi Tibo Kurtua sababli sodir bo'ldi.

.
- Yuklab olish

- 93-daqiqa. Rodrigo "Real" jarima maydonchasiga kirdi, Nacho undan to'pni olib qo'yib, jamoadoshiga pas berishga urindi, ammo to'p Valexoga tushdi. Tibo darvozasidan chiqib, burchakni yopdi va seyv orqali, hisob 0:2 bo'lishidan asradi.

- 95-daqiqa. Kurtua burchakdan uzatiladigan to'p uchun raqib jarima maydonchasiga kirdi va o'zi bo'yidan unumli foydalandi: Havodagi kurashda Kondogbiyani mag'lub etib, zarba berdi - "Valensiya" posboni Domenek to'pni qaytardi.

Garay to'pni tepib yuborishga urindi, ammo to'p Benzemaga tushdi.

Sovuqqon franciyalik zarba berdi va o'zining chempionatdagi 12-golini urdi (assistentlik Kurtuaga tegishli desak ham bo'laveradi).

So'nggi daqiqalarda darvozabon seyvi va raqib maydonasidagi faolligi "Real"ga durang keltirdi.

"U raqib jarima maydonasiga borishga qaror qildi va bu bilan hech qachon taslim bo'lmasligimizni ko'rsatdi. Hisobni tenglashtirish uchun katta kuch sarfladik" - dedi Zidan.

Darvozabonning o'zi qaroriga quyidagicha izoh berdi:

"Bo'yim 2 metr - bu katta ustunlik. Standartlarga borsam, raqiblar asabiylashishini bilgandim. Toni Kroos uzatmani yaqin burchakka yo'naltirdi, men esa uzatmaga moslashib, to'pga zarba berdim. Keyin to'p Benzemaga tushdi va hisob tenglashdi".

- Kurtua joriy mavsum raqib darvozasiga zarba bergan ikkinchi posbonga aylandi. Birinchisi "Leganes"dagi Xuan Soriano bo'lgan.

- Kurtua joriy mavsum bosh bilan zarba berish bo'yicha Messi va Fekirdan yaxshiroq natija qayd etdi; Grizmann va Beylning zarbalari Tiboniki bilan teng.

"Real" va "Barselona" 35 ochko bilan turnir jadvalida etakchi bo'lib turishibdi: "Barselona" ham bu turda durang qayd etdi, "Real" o'zib ketish imkoniyatidan foydalana olmadi.

Ko'chirilgan "El-Klassiko" chorshanba kuni bo'lib o'tadi.

BestMaster
16 Dekabr 2019, 14:45
foto , kurtua, urishi, mumkin, real, aynan, tufayli, maglubiyatdan, qutilib, qoldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads