Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» so'nggi soniyalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi (videosharh)

Ispaniya chempionatining 17-turi doirasidagi so'nggi o'yin «Mestalya» stadionida bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 17-turi doirasidagi so'nggi o'yin «Mestalya» stadionida bo'lib o'tdi. "Valensiya" o'z uyida "Real"ni qabul qilib, g'alaba juda yaqin turgan edi...

Zidan shogirdlari uchrashuvni yuqori ishtiyoq bilan boshlab, raqib darvozasiga tezkor gol urish payida bo'lishdi. "Ko'rshapalaklar" esa qiyinchilik bo'lsa-da tanaffusga qadar o'z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishdi. Ayniqsa, darvozabon Xaume Domenek ikkita vaziyatda mahorat ko'rsatishiga to'g'ri keldi.

Ikkinchi bo'lim boshida esa "Valensiya" hisobni ochish uchun yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. Jarima maydoni tashqarisidagi Ramos sirpanib yiqilishi oqibatida to'pni egallagan Ferran Torres darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi, ammo Kurtuani dog'da qoldira olmadi.

Umuman olganda, ikkinchi taym davomida mezbonlarning ustunligi oshib bordi va 78-daqiqada bu o'z samarasini berdi. Koklen jarima maydoniga o'ng tomondan yorib kirgan Vassni to'p bilan ta'minladi. Uning uzatmasidan keyin esa Soler 7-8 metrdan kuchli zarba bilan to'pni "Real" darvozasiga joyladi.

O'yin maydon egalarining g'alabasi bilan yakunlanadigandek edi, go'yo. Mehmonlar qo'shib berilgan daqiqalar yakunlanish arafasida burchak zarbasi ishlashdi. Burchakdan etkazilgan uzatmaga Tibo Kurtua (!) bosh bilan zarba berdi, "Valensiya" posboni uni qaytardi. Ammo to'p Garayning oyog'iga tegib Benzemaga kelib tushdi. Karim esa 3-4 metrdan darvozani ishg'ol qildi.

Shu tariqa, 18 dekabr kuni bo'ladigan "el-klasiko"ga "Barselona" va "Real" klublari bir xil — 35 ochko to'plagan holda etib keladigan bo'lishdi.

Ispaniya La ligasi, 17-tur
"VALENSIYa" - "REAL MADRID" - 1:1 (0:0)
Gollar: 1:0 – 78 Soler, 1:1 – 90+5 Benzema.
Valensiya – Domenek, Gayya, Kosta (Valexo, 61), Gabriel Paulista, Vass, Parexo, Koklen (Kondogbia, 83), Ferran Torres (Diakabi, 90), Soler, Garay, Rodrigo.
Real Madrid – Kurtua, Ramos, Nacho, Karvaxal, Varan, Valverde, Kroos, Isko (Beyl, 69), Modrich (Yovich, 81), Rodrigo (Vinisius Junior, 69), Benzema.
Ogohlantirishlar: Soler (38), Karvaxal (77), Yovich (90).

BestMaster
16 Dekabr 2019, 03:30
liga, «real», songgi, soniyalarda, maglubiyatdan, qutulib, qoldi, videosharh,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads