Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Kurtuaning hujumdagi faolligi "Real"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi

Uchrashuv yakunlandi.

.
- Yuklab olish

Valencia

Carlos Soler - 78'

LaLiga . 17-tur

16/12/2019, 01:00

1 : 1 Tugadi

Real Madrid

Karim Benzema - 90'

Stadion: Estadio Mestalla, 44230 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Sanchez

45' 90' 38'  Carlos Soler61'  Jaume Costa (Manuel Vallejo)78'  Carlos Soler78'  Daniel Wass83'  Francis Coquelin (Geoffrey Kondogbia)90'  Ferran Torres (Mouctar Diakhaby)69'  Isco (Gareth Bale)69'  Rodrygo (Vinicius Junior)77'  Daniel Carvajal81'  Luka Modric (Luka Jovic)90'  Federico Valverde90'  Luka Jovic90'  Karim Benzema Match-senterda ochish

Valensiya – Real Madrid 1:1 

16 dekabr, 01.00, «Mestalya»

Gollar:

1:0 – 78 Soler, 1:1 – 90 Benzema.

Valensiya – Domenek, Gayya, Kosta (Valexo, 61), Gabriel Paulista, Vass, Parexo, Koklen (Kondogbia, 83), Ferran Torres (Diakabi, 90), Soler, Garay, Rodrigo.

Real Madrid – Kurtua, Ramos, Nacho, Karvaxal, Varan, Valverde, Kroos, Isko (Beyl, 69), Modrich (Yovich, 81), Rodrigo (Vinisius Junior, 69), Benzema.

Ogohlantirishlar:

Soler (38), Karvaxal (77), Yovich (90).

Sahifani yangilash

Uchrashuv yakunlandi. El klasikoga jamoalar teng ochkolar bilan etib borishadi.

90+5. DAXSHAT. GOL! KURTUA! Gol muallifi esa Benzema. Burchak zarbasi belgilangach, Kurtua jarima maydonchasiga etib keldi, ikkinchi qavatda ustunlik qildi, yakunda gol kiritildi.

Qarshi hujum. Luka Yovich gol urdi, ammo yon hakam bayrog'ini ko'tardi. O'yindan tashqariholat.

90+3. Nachoning yana bir xatosi golga olib kelishi mumkin edi, ammo hujum qaytarildi.

90. Uchrashuvda eng faollardan bo'lgan Ferran Torres o'rniga Muxtor Diakabi maydonga tushirildi.

84. "Real" klasikoga chempionat peshqadami sifatida tashrif buyurolmaydi, shekilli.

83. Koklen o'rniga Kondogbiya maydonga tushirildi.

82. Modrich o'yindan olindi. Uning o'rniga Luka Yovich o'yinni davom ettiradi.

80. "Real" hisobni tenglashtirish uchun yaxshi imkoniyatga ega. 23 metrlar chamasi jarima zarbasi. To'p yonida esa Beyl.

78. GOOOOOOOOOLLLLL!!! Karlo Soler! "Valensiya" futbolchilari mehmonlar himoyasi-yu yarim himoyasinining ustidan kulib gol kiritib ketishdi.

77. Sariq kartochka. Karlos Solerga ishlatgan qo'polligi uchun Kavaxal ogohlantirildi.

74. Benzema-Vinisius kombinaciyasi gol bilan yakunlanishi mumkin edi. Ammo himoyachilar vaziyatni bartaraf qilishdi.

73. Xavfli vaziyatlar soni bo'yicha ustunlik "Real" tomonda - 11:9.

72. Uchrashuvda shu hisob saqlanib qoladi degan tasavvur uyg'onmoqda.

69. O'zgarish. Rodrigo va Isko o'z o'rinlarini Vinisius va Beylga bo'shatib berishdi.

Maydon chetida Vinisius va Beyl tayyorgarlik ko'rmoqda.

66. "Valensiya" futbolchilari "Real" muxlislarini xavotirga solishmoqda. Kurtuaning mahorati bu gal ham "Qirollik klubi"ni qutqarib qoldi.

61. O'zgarish. Uchrashuvni Xayme Kosta o'rniga Manu Valexo davom ettiradi.

60. Rodrigo qanotdan etkazib bergan to'pni Isko boshi bilan darvozaga yo'lladi - noaniq.

55. Ikkinchi bo'limni "ko'rshapalaklar" faolroq tarzda boshlashdi. Ortda qolgan 10 daqiqa mobaynida ular butun boshli birinchi bo'limdagidan ko'proq vaziyatlarni yuzaga keltira olishdi.

52. O'zgarishlar vaqti yaqinlashmoqda. Zahira o'rindig'idagi futbolchilar chigal yozish mashqlarini boshlab yubordilar.

46. Ferran Torres Kurtua bilan yuzma-yuz vaziyatga chiqib bordi, ammo o'zaro duelda yana belgiyalik g'olib.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'limga vaqt qo'shib berilmadi. Tanaffus.

38. Uchrashuvdagi birinchi sariq kartochka Karvaxalning oyog'iga zarba bergan Karlos Solerga ko'rsatildi.

35. Xavfli vaziyat. Kurtua to'pga chiqishda xatoga yo'l qo'ydi. Uning baxtiga Ferran Torresning bosh bilan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

27. Mezbonlar qulay nuqtadan jarima zarbasiga ega bo'lishdi.

25. "Real" futbolchilari raqib yarim maydonida juda faol pressing namoyish qilishmoqda.

22. "Real"ning zahira o'rindig'i:

17.Nihoyat, Tibo Kurtua darvozasiga yo'llangan ilk zarbani ko'rdik. Ferran Torres tepgan to'p Belgiyalikka muammo tug'dirmadi.

16. Uchrashuv asosan maydonning "Valensiya" joylashgan qismida davom etmoqda. "Real" futbolchilarining shijoati oshib-toshib ketyapti.

14. Karim Benzema Nacho chap qanotdan uzatgan to'pni boshi blan darvozaga yo'lladi. Zarbaga biroz aniqlik etishmadi.

12. Endi Toni Kross uzoq tayyorlanib kuchli zarba berdi. Mezbonlar posboni bu gal qiyichilik bilan qaytardi to'pni.

10. Karim Benzema ham o'z omadini sinab ko'rdi, to'pni yana Domenek egallab oldi.

7. Uchrashuvdagi ilk vaziyat sodir etildi. Federiko Valverde tomonidan yo'llangan kuchli zarbani raqib golkiperi qiyinchilik bilan bartaraf qildi.

6. "Real" hujumga berilib ketib qarshi hujumni o'tkazib yuborishi mumkin edi. Ammo "Valensiya" futbolchilari imkoniyatdan foydalana olishmadi.

4. Uchrashuv teng kurashlar bilan boshlandi. Ilk xavfli vaziyat "Valensiya" darvozasi yonida sodir bo'lishi mumkin edi. Ammo jarima maydonchasi ichiga bostirib kirayotgan Rodrigoni Fransis Koklen to'xtatib qoldi.

Uchrashuv boshlandi.

Jamoalar stadionga chiqib kelishmoqda.

Jamoalarning o'yinoldi mao'g'ulotlaridan lavhalar:

Bugungi uchrashuv har tomonlama muhim ahamiyatga ega. Ikki klub to'qnashuvi, bundan tashqari "Real" "Mestalya"ga "El-klasiko" oldidan tashrif buyurmoqda. Kecha "Barselona" "Sosedad" bilan bahsda ochko yo'qotdi. Bu Zidan shogirdlariga azaliy raqiblaridan 2 ochko o'zib ketish va yakka peshqadamga aylanish imkoniyatini taqdim qilmoqda. "Qaymoqranglilar" bu imkoniyatdan qanday foydalanadi? Bu savolga yaqin daqiqalar mobaynida javob topamiz.

Bugungi uchrashuv "Mestalya" o'yingohida o'tkaziladi:

Assalomu alaykum, saytimiz foydalanuchilari. La Liga 17-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuvni sizlar bilan birgalikda kuzatib borishga qaror qildik. Marhamat, siz ham uchrashuv haqidagi fikr va mulohazalaringizni biz bilan o'rtoqlashing.

 

BestMaster
16 Dekabr 2019, 03:15
kurtuaning, hujumdagi, faolligi, realni, maglubiyatdan, qutqarib, qoldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads