Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. "Valensiya"-"Real Madrid". Uchrashuvning ikkinchi bo'limi boshlandi (MATNLI TRANSLYACIYA)

Ushbu uchrashuv saytimizda matnli tarzda translyaciya qilinadi.

.
- Yuklab olish

Valencia

LaLiga . 17-tur

16/12/2019, 01:00

0 : 0 2-bo'lim

Real Madrid

Stadion: Estadio Mestalla, 44230 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Sanchez

45' 90' 38'  Carlos Soler Match-senterda ochish

Valensiya – Real Madrid

16 dekabr, 01.00, «Mestalya»

Valensiya – Domenek, Gayya, Kosta, Gabriel Paulista, Vass, Parexo, Koklen, Ferran Torres, Soler, Garay, Rodrigo.

Real Madrid – Kurtua, Ramos, Nacho, Karvaxal, Varan, Valverde, Kroos, Isko, Modrich, Rodrigo, Benzema.

Sahifani yangilash

55. Ikkinchi bo'limni "ko'rshapalaklar" faolroq tarzda boshlashdi. Ortda qolgan 10 daqiqa mobaynida ular butun boshli birinchi bo'limdagidan ko'proq vaziyatlarni yuzaga keltira olishdi.

52. O'zgarishlar vaqti yaqinlashmoqda. Zahira o'rindig'idagi futbolchilar chigal yozish mashqlarini boshlab yubordilar.

46. Ferran Torres Kurtua bilan yuzma-yuz vaziyatga chiqib bordi, ammo o'zaro duelda yana belgiyalik g'olib.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'limga vaqt qo'shib berilmadi. Tanaffus.

38. Uchrashuvdagi birinchi sariq kartochka Karvaxalning oyog'iga zarba bergan Karlos Solerga ko'rsatildi.

35. Xavfli vaziyat. Kurtua to'pga chiqishda xatoga yo'l qo'ydi. Uning baxtiga Ferran Torresning bosh bilan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

27. Mezbonlar qulay nuqtadan jarima zarbasiga ega bo'lishdi.

25. "Real" futbolchilari raqib yarim maydonida juda faol pressing namoyish qilishmoqda.

22. "Real"ning zahira o'rindig'i:

17.Nihoyat, Tibo Kurtua darvozasiga yo'llangan ilk zarbani ko'rdik. Ferran Torres tepgan to'p Belgiyalikka muammo tug'dirmadi.

16. Uchrashuv asosan maydonning "Valensiya" joylashgan qismida davom etmoqda. "Real" futbolchilarining shijoati oshib-toshib ketyapti.

14. Karim Benzema Nacho chap qanotdan uzatgan to'pni boshi blan darvozaga yo'lladi. Zarbaga biroz aniqlik etishmadi.

12. Endi Toni Kross uzoq tayyorlanib kuchli zarba berdi. Mezbonlar posboni bu gal qiyichilik bilan qaytardi to'pni.

10. Karim Benzema ham o'z omadini sinab ko'rdi, to'pni yana Domenek egallab oldi.

7. Uchrashuvdagi ilk vaziyat sodir etildi. Federiko Valverde tomonidan yo'llangan kuchli zarbani raqib golkiperi qiyinchilik bilan bartaraf qildi.

6. "Real" hujumga berilib ketib qarshi hujumni o'tkazib yuborishi mumkin edi. Ammo "Valensiya" futbolchilari imkoniyatdan foydalana olishmadi.

4. Uchrashuv teng kurashlar bilan boshlandi. Ilk xavfli vaziyat "Valensiya" darvozasi yonida sodir bo'lishi mumkin edi. Ammo jarima maydonchasi ichiga bostirib kirayotgan Rodrigoni Fransis Koklen to'xtatib qoldi.

Uchrashuv boshlandi.

Jamoalar stadionga chiqib kelishmoqda.

Jamoalarning o'yinoldi mao'g'ulotlaridan lavhalar:

Bugungi uchrashuv har tomonlama muhim ahamiyatga ega. Ikki klub to'qnashuvi, bundan tashqari "Real" "Mestalya"ga "El-klasiko" oldidan tashrif buyurmoqda. Kecha "Barselona" "Sosedad" bilan bahsda ochko yo'qotdi. Bu Zidan shogirdlariga azaliy raqiblaridan 2 ochko o'zib ketish va yakka peshqadamga aylanish imkoniyatini taqdim qilmoqda. "Qaymoqranglilar" bu imkoniyatdan qanday foydalanadi? Bu savolga yaqin daqiqalar mobaynida javob topamiz.

Bugungi uchrashuv "Mestalya" o'yingohida o'tkaziladi:

Assalomu alaykum, saytimiz foydalanuchilari. La Liga 17-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuvni sizlar bilan birgalikda kuzatib borishga qaror qildik. Marhamat, siz ham uchrashuv haqidagi fikr va mulohazalaringizni biz bilan o'rtoqlashing.

 

BestMaster
16 Dekabr 2019, 02:15
live , liga, valensiya-real, madrid, uchrashuvning, ikkinchi, bolimi, boshlandi, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads