Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Valverde: “Hisob 2:1 vaqtida o'yin taqdirini hal etishimiz mumkin edi”

“Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde La Liga 17-turi doirasida “Real Sosedad”ga (2:2) qarshi kechgan bellashuv haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

Uchrashuvda  turli hil holatlar kuzatildi: shunday vaziyat bo'ldiki, raqib kuchliroq ko'rindi. Ayrim epizodlarda biz yaxshiroq harakat qildik. O'yin davom ettirilganda, u istalgan natija bilan yakunlanishi mumkin edi. Umuman olganda match jangovar ruhda o'tdi.

O'yin boshida raqib bosimiga chora topish qiyinchilik tug'dirdi. Keyinchalik buni cheklashga erishdik va vaziyatlarni yarata boshladik. Hisobni 2:1 ga o'zgartirganimizdan so'ng biz yaxshiroq harakat qildik va o'yin taqdirin to'la to'kis o'z foydamizga hal etishimiz ham mumkin edi.

Hakamlik? Har bir murabbiy bu holatga o'z qarashlari bilan baho beradi. Darvozamizga penalti belgilanganligini sababini tushunolmadim. Menimcha, to'p qo'lga tekkandi. Pike bilan bog'liq vaziyatda esa negadir videtakrordan foydalanilmadi. To'rtinchi hakam o'sha vaziyatni ko'rdimi yo'qmi, bunisi menga qorong'u”, deya Valverdening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.

BestMaster
15 Dekabr 2019, 07:45
valverde, “hisob, vaqtida, oyin, taqdirini, etishimiz, mumkin, edi”,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads