Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  LaLiga. "Real Sosedad" - "Barselona" 1:1 (matnli translyaciya)

LaLiganing 17-turi doirasida "Barselona" safarda "Real Sosedad"ga qarshi bahs olib bormoqda.

.
- Yuklab olish

Real Sosedad – Barselona 1:1

«Reale Arena»

Gol: Oyarsabal (12-pen), Grizmann (38).

Real Sosedad – Remiro, Lorente, Saldua, Monreal, Gevara, Merino, Edegor, Oyarsabal, Subeldiya, Portu, Isak.

Barselona – ter Stegen, Langle, Serji Roberto, Alba, Pike, Buskets, de Yong, Rakitich, Messi, Suares, Grizmann.

YANGILASH

42. Edegor va Oyarsabal anchagina yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Umuman olganda "Sosedad"ning o'yinini alohida takidlasa bo'ladi. "Barselona"da esa o'yin biroz sifatsizroq o'tmoqda.

38. GOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!!! Grizmann raqib darvozaboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va to'pni Remironing ustidan shundoqqina tashlab qo'ydi. Ajoyib gol!!! Antuanning boy tajribasi bu erda juda ham asqotdi.

Dastlabki 35 daqiqalikda paslar oshirish bo'yicha ustunlik ham yaqqol "Real Sosedad" tomonida. Bugun "Barselona" g'alabaga erishsa, shuning o'zi sehrgarlik bo'ladi shekilli.... "Anoeta" haqiqatdan ham "Barselona" uchun eng og'ir stadionlardan biri.

34. Xavfli vaziyattttt!!!! "Sosedad"ning navbatdagi havfli hujumii!!!! Qanotdan uzatib berilgan to'p darvozaga yo'llanmadi...

28. Bugun "Barselona" futbolchilari juda og'ir o'yin ko'rsatishmoqda. Huddi oyoqlariga tosh osilgandek. Paslar ham o'xshamayapti. "Sosedad" esa adrenalin qabul qilgandek...

23. Xavfli vaziyatttttt!!!!!! Albaning qanotdan darvoza yaqiniga uzatgan to'pini hech kim darvoza tomon yo'llamadi. Umuman olganda ayni daqiqalarda "Barselona" o'yin suratini tenglashtirdi. Uchrashuvning dastlabki 20 daqiqaligida "Real Sosedad" katta ustunlikka ega bo'layotgandi.

18. Yana zarba va yana "Sosedad"!!! Edegorning zarbasi biroz noaniq ketdi. "Barselona" libosida kimlar maydonga tushgani menga qiziq tuyulmoqda. Rostdan ham shu "Barselona"mi?!

17. Hali ham  "Real Sosedad" hujumda. Agarda "Barselona" shunday o'yin ko'rsatadigan bo'lsa, tobora "pik" formasiga chiqib borayotgan "Real"dan mag'lub bo'lishi ham mumkin.

14. Zarbaaaaaaaaaaa!!! Suaresning zarbasini Remiro qaytardiiiiii!!! "Barselona"ning dastlabki 15 daqiqalikdagi ilk xavfli zarbasi edi bu. Ilk daqiqalardan katta tashabbus san-sebastyanliklar tomonida.

12. GGGGGGGGOOOOOOOOOOOOLLLLL!!!! Oyarsabal 11 metrlik jarimadan unumli foydalandi!!!

11. Ana holossssssss!!! Penaltiiiiiii!!!! "Barselona" darvozasi tomon!!! Tushunarsiz....

10. "Anoeta" tribunalari to'lib toshgan. Ular o'z suyuklilarini tinimsiz qo'llab turishibdi.

8. O'yin tempi asta-sekin tushmoqda. Negadir tomonlar raqiblarini o'rganish jarayonini uzoq vaqt davom ettirishmoqda.

5. Oyarsabal bu safar o'zi zarba berdi uzoooqq masofadan. Darvozada hech kim yo'q deb o'yladi shekilli.

3. Uxxxxxxxxx.... Ilk xavfli hujum mezbonlar tomonidan amalga oshirildi. CHap qanotdan Oyarsabalning uzatgan to'pi Pikedan o'tganida katta ehtimol bilan hisob ham o'zgarardi. Uning ortida "Sosedad" hujumchisi gol uraman deb turgandi.

1. Bahsni boshlab oldik! Endi buyog'iga Messining sehrgarliklarini tomosha qilamiz)

- Demak, jamoalar stadionga chiqib kelishmoqda!

BestMaster
14 Dekabr 2019, 20:45
live , laliga, real, sosedad, barselona, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads