Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Valverde: “Bu “Barselona” uchun eng qiyin safar o'yinlaridan biri bo'ladi”

“Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde La Liga 17-turi doirasida “Real Sosedad”ga qarshi bahs haqida gapirdi.

.
- Yuklab olish

“Mana bir necha yildirki, “Sosedad”ga qarshi bahs biz uchun eng qiyin safar o'yinlaridan biri bo'lib kelmoqda. O'tgan ikki mavsumda, garcha g'alabaga erishgan bo'lsakda, bu erda to'p surish biz uchun oson emas.

Qolaversa bunga raqibning ayni paytda ko'rsatayotgan o'yinini, raqib tarkibidagi futbolchilarning mahoratini va “Kamp Nou”da kechgan oxirgi uchrashuvimizni qo'shadigan bo'lsak, bizni naqadar og'ir o'yin kutib turganligini bilish qiyin emas.

Bu jamoaning har bir o'yinda o'z oldiga qo'ygan aniq rejasi bor. Ular har doim to'pni tezroq o'zlariga qaytarishni istashadi. Edegor  va Merino bir birlarini juda yaxshi tushunishadi. 

Alba va Semedu haqida

“Ular La Ligadagi so'nggi o'yinmizdan keyin jamoa bilan mashg'ulotlarda ishtirok etishdi. Ammo uchrashuvga to'liq tayyor bo'lmaganliklar uchun seshanba kungi bahsda maydonga tushishmadi. Umid qilamizki, “Sosedad”ga qarshi o'yinda ularning xizmatlaridan foydalanamiz.

Fati haqida

“U bilan hammasi joyida va o'zini kamtar tutmoqda. Biz u haqida doim qayg'uramiz”

Vidal haqida

“Nima deyishim mumkin? Har kim o'z ishongan narsasi haqida gapirishi mumkin. Transfer oynasi hali ochilgani yo'q, yil yakuniga qadar biz yana uchta uchrashuv o'tkazamiz. Ayni paytda Vidal bizning futbolchi. Keyin nima bo'lishini kuzatishda davom etamiz”.

BestMaster
13 Dekabr 2019, 23:30
valverde, “bu, “barselona”, uchun, qiyin, safar, oyinlaridan, biri, boladi”,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads