Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. Nimchorak final bosqichi haqida foydali ma'lumotlar

Evropa chempionlar ligasining guruh bosqichi yakunlanib, pley-off bosqichiga chiqqan 16ta jamoaning nomi aniq bo'ldi.

.
- Yuklab olish

Evropa chempionlar ligasining guruh bosqichi yakunlanib, pley-off bosqichiga chiqqan 16ta jamoaning nomi aniq bo'ldi. Endi musobaqaning nimchorak final bosqichiga qur'a tashlanadi. Qur'a haqidagi ma'lumotlar bilan tanishtirib o'tamiz.

Qachon?
Qur'a tashlash marosimi 16 dekabr, dushanba kuni UEFAning qarorgohi joylashgan Non shahrida bo'lib o'tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.

Qaysi jamoalar ishtirok etadi
Guruh g'olibi sifatida pley-off bosqichiga chiqqan 8ta jamoa "tanlanganlar" sifatida 1-savatchadan o'rin olishadi. Ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar esa 2-savatchaga joylashtiriladi.

"Tanlanganlar"

"Bavariya" (Germaniya: «B» guruhi)
"Barselona" (Ispaniya: «F» guruhi)
"Valensiya" (Ispaniya: «H» guruhi)
"Liverpul" (Angliya, chempion: «E» guruhi)
"Manchester Siti" (Angliya: «C» guruhi)
"Pari Sen-Jermen" (Frantsiya: «A» guruhi)
"RB Leyptsig" (Germaniya: «G» guruhi)
"Yuventus" (Italiya: «D» guruhi)

"Tanlanmaganlar"

"Atalanta" (Italiya, «S» guruhi)
"Atletiko" (Ispaniya, «D» guruhi)
"Borussiya" Dortmund (Germaniya: «F» guruhi)
"Chelsi" (Angliya: «H» guruhi)
"Lion" (Frantsiya: «G» guruhi)
"Napoli" (Italiya: «E» guruhi)
"Real" (Ispaniya: «A» guruhi)
"Tottenxem" (Angliya: «B» guruhi)

Qur'a tartibi

— "Tanlangan" jamoalar nimchorak finalning javob o'yinini o'z uylarida o'tkazishadi.

— Guruh bosqichida bitta guruhda ishtirok etgan jamoalar hamda bitta mamlakat klublari nimchorak finalda o'zaro to'qnash kelishmaydi.

— Boshqa cheklovlar haqda qur'a oldidan e'lon qilinishi mumkin.

Nimchorak final o'yinlari qachon o'tkaziladi
Dastlabki o'yinlar 18, 19, 25 va 26 fevral kunlari, javob uchrashuvlari 10, 11, 17 va 18 mart kunlari o'tkaziladi. Barcha o'yinlar Markaziy Evropa vaqti bilan 21:00da boshlanadi.

Chorak final, yarim final va final o'yinlariga qur'a tashlash marosimi 20 mart kuni bo'lib o'tadi.

BestMaster
12 Dekabr 2019, 08:30
nimchorak, final, bosqichi, haqida, foydali, malumotlar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 араолвл  
Barcelona napoli,,ream liverpool
12 Dekabr 2019, 10:52
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads