Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Kellini: "Real" o'tgan yil "Oltin to'p"ni Ronaldudan tortib olgan"

"Yuventus" himoyachisi Jorjo Kellini turinliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Real" tufayli o'tgan yili "Oltin to'p"ni yuta olmaganini aytdi.

.
- Yuklab olish

2018 yilgi mukofot Madrid klubining yarim himoyachisi Luka Modrichga nasib etgandi.

"O'tgan mavsumda Ronaldu "Oltin to'p"dan mahrum bo'lganida, "Real" bu haqda g'amxo'rlik qilishga qaror qilgani juda g'alati ko'ringandi.

Bu mavsumda kurash teng kechdi. Modrichga hurmatni saqlagan holda aytaman, u hatto faoliyatidagi eng yaxshi yilida ham bunga loyiq emas edi. Bu "Real"dan signal edi, chunki ular Ronalduni to'xtatmoqchi bo'lishgandi. Modrich CHempionlar Ligasida g'olib chiqdi, ammo ushbu mantiqqa ko'ra, "Liverpul" himoyachisi Virjil Van Deyk bu yil mukofotni yutishi kerak edi. Yoki o'tgan yili Grizmann, Pogba yoki Mbappe Jahon chempionatida erishgan yutuqlari uchun. Modrichning g'alabasi manosiz bo'lib qoldi", - deydi Kellini.

Eslatib o'tamiz, kecha "Barselona" hujumchisi Lionel Messi faoliyatidagi  o'zining oltinchi "Oltin to'p" sovriniga ega chiqdi.

BestMaster
3 Dekabr 2019, 12:45
kellini, real, otgan, oltin, topni, ronaldudan, tortib, olgan,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads