Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Barsa» «Oltin to'p»lar soni bo'yicha «Real»ni ortda qoldirdi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi «Oltin to'p»-2019ni qo'lga kiritdi.

.
- Yuklab olish

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi «Oltin to'p»-2019ni qo'lga kiritdi.

Ushbu sovrin tashkil etilganidan buyon «Barsa» futbolchilari 12-marta sovringa ega chiqishdi. Shunday qilib, «ko'k-anorranglilar» bu borada «Real»ni ortda qoldirgan holda eng muvaffaqiyatli jamoaga aylandi. "Oltin to'p" "Qirollik klubi" futbolchilariga 11 marta nasib etdi.

«Barselona» safida bu sovrinni Luis Suares (1960), Yoxan Kroyff (1973, 1974), Xristo Stoichkov (1994), Rivaldo (1999), Ronaldino (2005) va Lionel Messi (2009, 2010, 2011, 2012, 2015, 2019) yutib olishgan.

Ta'kidlash lozimki, Yoxan Kroyff 1973 yilning yozida «Ayaks»dan «Barselona»ga o'tib, shu yilning 25 dekabr kuni sovrinni qabul qilib olgan.

«Real» tarkibida esa «Oltin to'p»ni Alfredo Di Stefano (1957, 1959), Raymon Kopa (1958), Luish Figu (2000), Ronaldo (2002), Fabio Kannavaro (2006), Krishtianu Ronaldu (2013, 2014, 2016, 2017) va Luka Modrich (2018) olishgan.

Figu, Ronaldo va Kannavaro ham "Real"ga o'tgan yili yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilishgan.

BestMaster
3 Dekabr 2019, 09:30
«barsa», «oltin, top»lar, soni, boyicha, «real»ni, ortda, qoldirdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads