Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real" o'zi uchun qiyin boshlangan uchrashuv taqdirini o'z foydasiga hal qila oldi

Mazkur uchrashuv ham yakunlandi.

.
- Yuklab olish

Real Madrid – Real Sosedad

24 noyabr, 01.00, «Santyago Bernabeu»

Gollar:

0:1 – 2 Villian Joze, 1:1 – 37 Benzema, 2:1 – 47 Valverde, 3:1 – 74 Modrich.

Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Varan, Mendi, Ramos, Valverde (Kroos, 76), Kazemiro, Rodrigo (Beyl, 67), Modrich (Isko, 83), Azar, Benzema.

Real Sosedad – Remiro, Elustondo, Lorente, Monreal, Saldua, Merino, Edegor, Portu (Yanuzay, 73), Subeldiya, Oyarsabal (Isak, 80), Villian Joze.

Ogog'lantirishlar:

Ramos (52), Saldua (84).

Real Madrid

Karim Benzema - 37', Federico Valverde - 47', Luka Modric - 74'

LaLiga . 14-tur

24/11/2019, 01:00

1 : 3 Tugadi

Real Sociedad

Willian Jose - 2'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 69305 tomoshabin

Bosh hakam: Jesus Gil

45' 90' 37'  Karim Benzema37'  Luka Modric47'  Federico Valverde47'  Luka Modric52'  Sergio Ramos67'  Rodrygo (Gareth Bale)74'  Luka Modric74'  Karim Benzema76'  Federico Valverde (Toni Kroos)83'  Luka Modric (Isco)2'  Willian Jose73'  Cristian Portu (Adnan Januzaj)80'  Mikel Oyarzabal (Alexander Isak)84'  Joseba Zaldua Match-senterda ochish

SAHIFANI YANGILASH

- Uchrashuv nihoyasiga etdi. Ochkolari sonini 28 taga etkazib olgan "Real Madrid" klubi futbolchilari musobaqa jadvalida "Barselona" bilan qo'shhokimyatchilik qilishda davom etadilar.

90+1. "Real" qo'shtimcha daqiqalarni ham faol o'tkazmoqda.

Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi

90.Garet Beylning qanotdagi faolligi, darvoza tomon yaqinlashib borib, zarba berdi yoki to'pni uzatdi, ammo darvoza chizig'i ustida to'p yo'nalishini o'zgartiradigan hech kim topilmadi.

83. O'zgarish. Hisobni yiriklashtirgan Modrich o'rniga Isko o'yinni davom ettiradi.

82. Ramos yana bir bor xatoga yo'l qo'ydi, ammo raqiblar bundan unumli foydalana bilishmadi.

79. Zahiradan maydonga tushirilgan Beyl faollik ko'rsatmoqda.

76. O'zgarish. Valverde o'rniga Kroos o'yinga qo'shildi.

74.Gooooooooolllll! Luka Modrich! Garet Beyl qanotdan uzatgan to'pni Benzema boshi bilan orqaroqda turgan Modrichga etkazib berdi. Lukaning chap oyog'i va buuuuumm!

73.O'zgarish. Mehmonlar tarkibida Adnan Yanuzay maydonga tushirildi. U 7-raqamdagi Portuni almashtirdi.

70. "Real Sosedad" futbolchilari himoyada barqaror o'ynashni boshlab yuborishdi.

66. O'zgarish. Kutilganidek, Rodrigo o'rniga Garet Beyl maydonga tushirildi.

61. Edegorda qulay imkoniyat paydo bo'lgandi. Raqib jarima maydonida qulay poziciyadan bergan zarbasi Kurtuaga qiyinchilik tug'dirmadi.

53, Beyl maydon tashqarisida chigalyozdi mashqlarini boshlab yubordi. Ehtimol, u maydonga tushar.

48.Gooooooooooolllll! Luka Modrich etkazib bergan to'pni Federiko Valverde raqib darvozasiga joylab qo'ydi. To'p yo'l-yo'lakay mehmonlarning 10-raqamdagi futbolchisi Oyarsabalga tegib, darvoza to'ridan o'rin egalladi.

46.uchrashuvning ikkinchi bo'limi boshlandi.

- Birinchi bo'lim yakunlandi. Hisob - 1:1. Ikkinchi bo'limda shiddatli futbol kutib qolamiz. Siz birinchi bo'limdan qanday taassurotlar oldingiz?

45. Uchrashuvga bir daqiqa qo'shib berildi.

41. "Real" uyg'ondi, o'ziga keldi va raqibni qiynashni boshlab yubordi.

39. Bu Benzemaning La Ligadagi o'ninchi goli.

37. Goooooooooollll! Karim Benzema hisobni tenglashtirdi. Luka Modrich jarima zarbasidan etkazib bergan to'pni franyiyalik hujumchi darvozaga yo'lladi.

33. "Real"ning o'ng qanoti juda faol. Rodrigo va Karvaxal tomonidan jarima maydoniga amalga oshirilayotgan uzatmalarning barchasi besamar ketmoqda.

28. Martin Edegor ijrosidagi yana bir xavli zarba, bu safar ham Kurtua to'pni qaytarib yubordi.

26. Eden Azar ijrosidagi zarba to'g'ri darvozabon turgan nuqtaga yo'llandi.

25. Varan o'ziga xos bo'lmagan tarzda bir nechta texnik elementlar namoyish qildi. Bu muxlislarga yoqdi.

24. Nacho Monreal bilan to'qnashib ketgan Rodrigo maydonga quladi.

22. "Qirollik klubi" bugun o'ziga o'xshamayapti.

19. "Sosedad" safida faolligi bilan ajralib turgan Oyarsabal maydonga quladi. Uning ahvoliga hech bir erkak havas qilmasa kerak.

17. Mendining uzoq masofadan yo'llagan juda ham xavfli zarbasini Remiro bartaraf etishni uddaladi.

15. Mehmonlardan yana bir xavfli hujum. Migel Oyarsabal chap qanotdan jarima maydonchasiga etkazib bergan to'pni palapartishlikdan so'ng "Sosedad" hujumchisi Villian Joze darvozaga yo'lladi. Kurtua - qahramon!

14. "Real" maydon markazida ustunlikni qo'lga olish uchun jiddiy harakatlarni boshladi.

10. Maydon markazida mehmonlar yarim himoyachisi Martin Edegor juda faol o'yin namoyish qilmoqda.

8. Xavfli hujum. Karim Benzemadan to'pni qabul qilib olgan Azar jarima maydonchasiga bostirib kirib, chap oyoqda zarba berdi. O'tkir burchak ostidan berilgan zarba noaniq.

5. "Real" himoyachilari dastlabki daqiqalarda sustkashlikka yo'l qo'ymoqdalar.

2. Gooooooooolllll! Uchrashuvning ikkinchi daqiqasida hisob ochildi. Serxio Ramosning xatosi mezbonlarga qimmatga tushdi. Gol muallifi to'qqizinchi raqamdagi Villian Joze!

- Uchrashuv boshlandi. O'yinni mezbonlar boshlab berishdi.

Madridning "Real" klubi safidagi Rodrigo va raqib jamoasidan Edegorlarga o'chrashuv davomida alohida etibor qaratish lozim. Zero har ikki futbolchiga "Qaymoqranglilar"ning kelajagi sifatida qaralmoqda.

- Assalomu alaykum, Championat.asia saytining hurmatli kuzatuvchilari! Bir necha daqiqalardan keyin start oladigan "Real Madrid" va "Real Sosedad" klublari ishtirokidagi bahsni sizlar bilan birgalikda kuzatib borishga qaror qildik. Marhamat, o'yin haqidagi barcha fikr va mulohazalaringizni mazkur sahifaga yozib qoldiring.

BestMaster
24 Noyabr 2019, 03:00
uchun, qiyin, boshlangan, uchrashuv, taqdirini, foydasiga, qila, oldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 xalid  
O'yin men kutgandan ham yaxshi chiqdi qoyil realga omad
24 Noyabr 2019, 03:07
 xalid  
Omad omad omad yana omad real
24 Noyabr 2019, 03:13
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads