Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» iroda ko'rsatishiga to'g'ri keldi

Ispaniya chempionatining 14-turi doirasida «Real Madrid» o'z maydonida «Real Sosedad»ni qabul qilib, irodali g'alabani qo'lga kiritdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 14-turi doirasida «Real Madrid» o'z maydonida «Real Sosedad»ni qabul qilib, irodali g'alabani qo'lga kiritdi.

Uchrashuvning ilk daqiqalaridayoq mehmonlar Ramosning qo'pol xatosi evaziga hisobni ochishdi. Serxio darvozabon tomon uzatma berdi, ammo to'pni egallab olgan Villian Joze Kurtuani aldab, bo'sh darvozani ishg'ol qildi.

Bahsning 15-daqiqasida yana o'sha Villian "Qirollik klubi" darvozasiga ikkinchi golni urishi mumkin edi. Ammo u yaqin masofadan Kurtuaning o'ziga zarba berdi va Tibo to'pni qaytardi.

Zidan jamoasi asta-sekinlik bilan tashabbusni o'z tomoniga og'dira boshladi va ular "standart"dan hisobni tenglashtirishdi. Bo'lim tugashiga 8 daqiqa qolganida Modrich tomonidan qanotdan etkazib berilgan uzatmani Benzema elkasi bilan darvozaga joylab qo'ydi.

Ikkinchi bo'limning debyuti esa madridliklar uchun muvaffaqiyatli chiqdi. Valverdening 22 metrlardan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p rekoshetga uchradi va "Sosedad" darvozasiga borib tushdi.

Uchrashuvning 74-daqiqasida mezbonlar tezkor qarshi hujum tashkil qilishdi va uchinchi golni urishdi. Modrichning jarima maydoni ichida yo'llagan zarbasini darvozabon qaytara olmadi. Shu tariqa, xorvatiyalik futbolchi bugungi o'yinda o'z hisobiga bitta gol va ikkita assist yozdi.

Ushbu g'alaba evaziga "Real" o'z ochkolarini 28taga etkazib, "Barselona" bilan qo'shpeshqadamlik qilishda davom etadi.

Ispaniya chempionati, 14-tur
Real Madrid – Real Sosedad 3:1 (1:1)
Gollar: 0:1 – 2 Villian Joze, 1:1 – 37 Benzema, 2:1 – 47 Valverde, 3:1 – 74 Modrich.
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Varan, Mendi, Ramos, Valverde (Kroos, 76), Kazemiro, Rodrigo (Beyl, 67), Modrich (Isko, 83), Azar, Benzema.
Real Sosedad – Remiro, Elustondo, Lorente, Monreal, Saldua, Merino, Edegor, Portu (Yanuzay, 73), Subeldiya, Oyarsabal (Isak, 80), Villian Joze.
Ogohlantirishlar: Ramos (52), Saldua (84).

BestMaster
24 Noyabr 2019, 03:00
liga, «real», iroda, korsatishiga, togri, keldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 xalid  
Realfc omad tilaymiz
24 Noyabr 2019, 03:18
 Real1902  
Nasip qilsa 1da boladi real
24 Noyabr 2019, 15:46
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads