Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga: "Real Madrid" 1:1 "Real Sosedad". Benzema hisobni tenglashtirdi. MATNLI TRANSLYACIYA

Mazkur o'yindagi voqealarni birgalikda kuzatib boramiz.

.
- Yuklab olish

Real Madrid – Real Sosedad

24 noyabr, 01.00, «Santyago Bernabeu»

Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Varan, Mendi, Ramos, Valverde, Kazemiro, Rodrigo, Modrich, Azar, Benzema.

Real Sosedad – Remiro, Elustondo, Lorente, Monreal, Saldua, Merino, Edegor, Portu, Subeldiya, Oyarsabal, Villian Joze.

Real Madrid

Karim Benzema - 37'

LaLiga . 14-tur

24/11/2019, 01:00

1 : 1 1-bo'lim

Real Sociedad

Willian Jose - 2'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu

Bosh hakam: Jesus Gil

45' 90' 37'  Karim Benzema37'  Luka Modric2'  Willian Jose Match-senterda ochish

SAHIFANI YANGILASH

41. "Real" uyg'ondi, o'ziga keldi va raqibni qiynashni boshlab yubordi.

39. Bu Benzemaning La Ligadagi o'ninchi goli.

37. Goooooooooollll! Karim Benzema hisobni tenglashtirdi. Luka Modrich jarima zarbasidan etkazib bergan to'pni franyiyalik hujumchi darvozaga yo'lladi.

33. "Real"ning o'ng qanoti juda faol. Rodrigo va Karvaxal tomonidan jarima maydoniga amalga oshirilayotgan uzatmalarning barchasi besamar ketmoqda.

28. Martin Edegor ijrosidagi yana bir xavli zarba, bu safar ham Kurtua to'pni qaytarib yubordi.

26. Eden Azar ijrosidagi zarba to'g'ri darvozabon turgan nuqtaga yo'llandi.

25. Varan o'ziga xos bo'lmagan tarzda bir nechta texnik elementlar namoyish qildi. Bu muxlislarga yoqdi.

24. Nacho Monreal bilan to'qnashib ketgan Rodrigo maydonga quladi.

22. "Qirollik klubi" bugun o'ziga o'xshamayapti.

19. "Sosedad" safida faolligi bilan ajralib turgan Oyarsabal maydonga quladi. Uning ahvoliga hech bir erkak havas qilmasa kerak.

17. Mendining uzoq masofadan yo'llagan juda ham xavfli zarbasini Remiro bartaraf etishni uddaladi.

15. Mehmonlardan yana bir xavfli hujum. Migel Oyarsabal chap qanotdan jarima maydonchasiga etkazib bergan to'pni palapartishlikdan so'ng "Sosedad" hujumchisi Villian Joze darvozaga yo'lladi. Kurtua - qahramon!

14. "Real" maydon markazida ustunlikni qo'lga olish uchun jiddiy harakatlarni boshladi.

10. Maydon markazida mehmonlar yarim himoyachisi Martin Edegor juda faol o'yin namoyish qilmoqda.

8. Xavfli hujum. Karim Benzemadan to'pni qabul qilib olgan Azar jarima maydonchasiga bostirib kirib, chap oyoqda zarba berdi. O'tkir burchak ostidan berilgan zarba noaniq.

5. "Real" himoyachilari dastlabki daqiqalarda sustkashlikka yo'l qo'ymoqdalar.

2. Gooooooooolllll! Uchrashuvning ikkinchi daqiqasida hisob ochildi. Serxio Ramosning xatosi mezbonlarga qimmatga tushdi. Gol muallifi to'qqizinchi raqamdagi Villian Joze!

- Uchrashuv boshlandi. O'yinni mezbonlar boshlab berishdi.

Madridning "Real" klubi safidagi Rodrigo va raqib jamoasidan Edegorlarga o'chrashuv davomida alohida etibor qaratish lozim. Zero har ikki futbolchiga "Qaymoqranglilar"ning kelajagi sifatida qaralmoqda.

- Assalomu alaykum, Championat.asia saytining hurmatli kuzatuvchilari! Bir necha daqiqalardan keyin start oladigan "Real Madrid" va "Real Sosedad" klublari ishtirokidagi bahsni sizlar bilan birgalikda kuzatib borishga qaror qildik. Marhamat, o'yin haqidagi barcha fikr va mulohazalaringizni mazkur sahifaga yozib qoldiring.

BestMaster
24 Noyabr 2019, 01:45
live , liga, real, madrid, real, sosedad, benzema, hisobni, tenglashtirdi, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads