Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» futbol klubi fondi menejeri «Bunyodkor» mehmoni bo'ldi

Kuni kecha Ispaniyaning mashhur «Real» futbol klubini Yaqin Sharq hamda Afrika mamlakatlari bo'yicha fondi menejeri Inigo Arenilyas Chaves «Bunyodkor» mehmoni bo'ldi.

.
- Yuklab olish

Kuni kecha Ispaniyaning mashhur «Real» futbol klubini Yaqin Sharq hamda Afrika mamlakatlari bo'yicha fondi menejeri Inigo Arenilyas Chaves «Bunyodkor» mehmoni bo'ldi.

«Bunyodkor» futbol klubi Bosh direktori vazifasini bajaruvchi Mirzaev Ulug'bek Abdusattorovich qabulida bo'lgan mehmon samimiy ruhda o'tgan uchrashuvda jamoamiz haqida iliq fikrlar bildirdi. Xususan, «ikki yulduzli» maqomini olishga yaqin turgan akademiyamizdagi sharoitlar, klubning umumiy infratuzilmasi, stadionimiz to'g'risida fikr bildirar ekan, bunday imkoniyatlarga ega jamoa bilan turli loyihalar bo'yicha hamkorlik qilish fondning rejalari qatoriga kirishini ta'kidladi. Jumladan, Inigo Chaves «Real» futbol klubi fondining Osiyo-Afrika mintaqasi bo'yicha eng katta – BAA filiali bo'yicha hamkorlik loyihasini yo'l qo'yishni taklif qildi. Ulug'bek Abdusattorovich mehmonning bu taklifiga javoban, «Bunyodkor» «Real» fondi tomonidan taklif qilinadigan loyihalarni amalga oshirishda barcha imkoniyatlarni ishga solishini ta'kidladi.

Ma'lumot o'rnida aytish kerak, «Real» fondining BAAdagi filialiga o'z vaqtida Ispaniya milliy terma jamoasining asosiy o'yinchisi, yulduzi bo'lgan Michel Salgado direktorlik qilmoqda.

BestMaster
22 Noyabr 2019, 20:30
«real», futbol, klubi, fondi, menejeri, «bunyodkor», mehmoni, boldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads