Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Azar ayni paytda dunyoning eng kuchli hujumchisi kim ekanligini aytdi

“Real” yarim himoyachisi Eden Azar jamoadoshi Karim Benzema haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

“Benzemasi yo'q jamoaga qarshi o'ynash osonroq. Bu narsa maydonda yaqqol seziladi. CHunki uning maydonda ekanligi raqib jamoaga katta qiyinchlik tug'diradi. U ayni paytda dunyoning eng kuchli hujumchisi. U nafaqat hujumda foyda keltiradi, balki jamoani yanada kuchliroq qiladi. Agar uni terma jamoaga chaqirishmayotgan bo'lishsa, bu biz uchun yaxshi (kuladi), ammo Karim uchun yomon holat”, deydi Azar.

Ilgariroq “Real” ustozi Zinedin Zidan Franciya termasi murabbiylar shtabini Benzemani termaga jalb etmagani uchun tanqid qilib chiqqandi. 

So'ngra Franciya futbol federaciyasi prezidenti Noel Le Gre hujumchining terma jamoadagi faoliyati yakuniga etgani haqida bayonot bilan chiqish qilgandi. Bu gap so'zlardan keyin Benzemaning o'zi voqealar jarayoniga aralashib, Franciya termasidagi faoliyati yakunlash yoki yakunlamaslikni faqat o'zi hal qilish haqida gapirgandi.

BestMaster
19 Noyabr 2019, 00:45
ayni, paytda, dunyoning, kuchli, hujumchisi, ekanligini, aytdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Real1902  
Benzema malades
20 Noyabr 2019, 17:59
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads