Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Скачать и слушать музыку в mp3 бесплатно

«Real»ning yangi yulduzi: nega aynan Rodrigo?

Ochig'i, so'nggi yillarda «Real»da o'ynagan va o'ynayotgan ko'plab iqtidorlarni jamoaning kelajagi, «yangi Ronaldu» deya e'tirof etishdi.

.
- Yuklab olish

Ochig'i, so'nggi yillarda «Real»da o'ynagan va o'ynayotgan ko'plab iqtidorlarni jamoaning kelajagi, «yangi Ronaldu» deya e'tirof etishdi. Ammo shu paytga qadar hech bir yosh iqtidorda o'zgacha xislat, o'zgacha iqtidor sezilmayotgandi. Vinisius Junior dribling borasida yaxshi, ammo aqlli qaror chiqarishda oqsoqlanadi, Braim Dias esa jarohatlar girdobida. Ayni shu paytda esa Zidan katta sahnaga Rodrigoni olib chiqdi.

Kecha «Galatasaroy»ga qarshi o'yinda bu yigitcha xet-trik qayd etdi. Meni qoyil qoldirgani uchala golini ham aqlli qaror bilan kiritdi. Birinchisida raqiblarni aldab o'tib, darvozabonning ojiz tomonini ko'ra bildi va chap oyoqda uzoq burchakni nishonga oldi. Hammasini puxta amalga oshirdi. Ochig'i, yosh futbolchining EChL doirasidagi rasmiy o'yinda bunchalik xotirjam harakat qilishi qoyil qoldirdi. Ikkinchi golida ham shunday jihat kuzatildi: bosh bilan shunchaki zarba bermadi, darvozaning olis burchagini nishonga olib, posbon qaytara olmaydigan tarzda zarba yo'lladi. Uchinchi golida ham kerakli vaziyatda kerakli joyda paydo bo'lib, ayyorona zarba yo'llashni uddaladi.

NIMALAR MA'LUM?

To'liq ismi — Rodrigo Silva de Gois

Tug'ilgan sanasi — 2001 yilning 9 yanvari.

Tug'ilgan joyi — Ozasku, San-Paulu, Braziliya

Fuqaroligi — Braziliya, Portugaliya

Rodrigo 10 yoshida «Santos» akademiyasiga qabul qilingan. 2017 yil martida jamoa bosh murabbiysi Dorival Junior Rodrigoni Libertadores kubogi doirasida Peruning «Sporting Kristal» jamoasiga qarshi o'yinda tarkibga kiritadi.

2017 yilning 21 iyulida yigitcha jamoa bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekadi, bu uning birinchi professional shartnomasi edi. 2017 yilning 1 noyabrida «Santos» bosh murabbiysi vazifasini vaqtincha bajarayotgan Elano Rodrigoni asosiy tarkib futbolchisiga aylantiradi.

2017 yilning 4 noyabrida esa Rodrigo «Santos» safida birinchi bor asosiy tarkibda maydonga tushadi. O'shanda klub chempionat doirasida «Atletiko Mineyro» bilan kuch sinashadi. 25 noyabrda Rodrigo professional faoliyatidagi birinchi golini kiritadi: Paulista ligasi doirasida «Ponte-Preta» jamoasiga qarshi o'yinning oxirgi daqiqalarida gol urib, jamoasining 2:1 hisobidagi g'alabasini ta'minlaydi.

2018 yilning 1 martida Rodrigo Libertadores kubogida debyut qiladi. «Real Garsilaso»ga qarshi o'yinda maydonga tushganida futbolchi 17 yoshu 50 kunlik edi. Bu bilan Rodrigo «Santos»ning Libertadores kubogida debyut qilgan eng yosh o'yinchisiga aylanadi. 2018 yilning 15 martida u ushbu turnirdagi birinchi golini Urugvayning «Nasonal» klubi darvozasiga kiritadi. Bu bilan u Libertadores kubogida gol urgan eng yosh braziliyalik (17 yosh, 2 oyu 6 kunlik)ka aylanadi.

2018 yilning 14 aprelida Rodrigo Braziliya A seriyasidagi dastlabki golini uradi. U «Searii» klubi darvozasini ishg'ol qiladi.

2018 yilning 15 iyunida «Real Madrid» Rodrigoning transferi borasida kelishuvga erishdi. U uchun «qirollik klubi» 45 mln evro to'ladi.

Rodrigo «Real» safidagi dastlabki o'yinlaridayoq muxlis va mutaxassislarning iliq fikriga sazovor bo'ldi. Nihoyat, Zidan unga asosiy tarkibdan joy bermoqda va bu futbolchining Evropa grand jamoasi yulduziga aylanishida muhim o'rin tutadi.

NEGA AYNAN RODRIGO?

Ayni damda Rodrigoning kelajagi porloqqa o'xshamoqda. Chunki unda Vinisiusdagi dovdirlik, Vaskesdagi ikkilanish, Yovichdagi hayajon yo'q. U xotirjam, xuddi «Real»da ancha vaqtdan beri o'ynayotgandek. Garchi tajriba kam bo'lsa-da, Rodrigo futbol o'ynash borasidagi bilim etarlicha ekan. To'p unga kelayotgan mahaldayoq qanday harakatlanish kerakligini oldindan rejalashtirib oladi va shunga muvofiq o'ynaydi. Futbolda esa bu juda katta ahamiyatga ega.

Niyatimiz Rodrigo Ronalduning o'rnini bosmasin, "Real"da Ronaldudan kam bo'lmagan yangi yulduz — Rodrigo etishib chiqsin. Ko'z tegmasin!

 

 

BestMaster
7 Noyabr 2019, 10:00
«real»ning, yangi, yulduzi, nega, aynan, rodrigo?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 7
 fh240498  
Aytganiz kesin
7 Noyabr 2019, 11:33
 fh240498  
Olg'a Rodrigo. Omadini bersin
7 Noyabr 2019, 11:33
 zedan  
Gazini bos.
7 Noyabr 2019, 22:48
 zedan  
Shunday davom et,barakalla.
7 Noyabr 2019, 22:49
 zedan  
Shunday davom et,barakalla.
7 Noyabr 2019, 22:49
 zedan  
Shunday davom et,barakalla .
7 Noyabr 2019, 22:50
 kriwtiyano2012  
Negami chunki ranoldo radrigo messi fati bòliwi mumkinu tògrimi
9 Noyabr 2019, 15:16
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017