Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» o'z uyida ochko yo'qotdi (videosharh)

Ispaniya chempionatining 12-turidan o'rin olgan “Real Madrid” hamda “Betis” jamoalari o'rtasidagi o'yinda durang qayd etildi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 12-turidan o'rin olgan “Real Madrid” hamda “Betis” jamoalari o'rtasidagi o'yinda durang qayd etildi.

Bahsning 8-daqiqada mezbonlar hisobni ochishgan edi. Ammo raqib darvozasini ishg'ol qilgan Eden Azar kichik ofsayd holatida bo'lgan ekan. Shu bois, hakam VAR yordamida bu golni bekor qildi.

Uchrashuvning qolgan daqiqalarda himoyachilar ishonchli o'ynashga harakat qilishdi. Mudofaa vakillari o'tkazib yuborgan hujumlarni "Betis" posboni Robles qaytarib turdi. Ayniqsa, Benzema, Modrich va Vinisius tomonidan yo'llangan zarbalarni posbon mahorat bilan bartaraf etdi. Shuningdek, Mendi yakkama-yakka vaziyatda darvozani ishg'ol eta olmadi.

O'yinning so'nggi daqiqalarda madridliklar gol urish uchun 2ta qulay imkoniyatga ega bo'lishdi. Ammo omad kulib boqmadi.

Shu tariqa, "Real" ushbu 1 ochko tufayli o'z ochkolarini 22taga etkazdi va "Barselona" bilan tenglashib oldi. "Betis" esa 13 ochko 14-o'rinni egallab turibdi.

Ispaniya chempionati, 12-tur.
Real Madrid – Betis 0:0 (0:0, 0:0)
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Varan, Ramos, Mendi, Kroos, Kazemiro, Modrich, Rodrigo (Vinisius Junior, 65), Benzema (Yovich, 83), Azar.
Betis – Robles, Emerson, Mandi, Feddal, Sidney, Moreno (Barragan, 90), Guardado, Bartra, Kanales, Fekir (Guterres, 90), Moron (Iglesias, 74).
Ogohlantirishlar: Bartra (11), Kazemiro (39), Robles (64), Feddal (74), Mendi (80), Guardado (85).

BestMaster
3 Noyabr 2019, 13:30
liga, «real», uyida, ochko, yoqotdi, videosharh,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads