Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real" nursiz durang qayd etgan holda peshqadam bo'lish imkoniyatini qo'ldan boy berdi

La Liga 12-tur doirasidagi "Real" va "Betis" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

.
- Yuklab olish

"Real" - "Betis" 0:0

"Santyago Bernabeu"

"Real": Kurtua, Varan, Ramos, Karvaxal, Mendi, Kroos, Modrich, Azar, Kazemiro, Rodrigo, Benzema.

"Betis": Robles, Bartra, Emerson, Feddal, Moreno, Fekir, Guardado, Sidney, Kanales, Mandi, Moron.

Real Madrid

LaLiga . 12-tur

03/11/2019, 01:00

0 : 0 Tugadi

Real Betis

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 70375 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Sanchez

45' 90' 8'  Eden Hazard39'  Casemiro65'  Rodrygo (Vinicius Junior)80'  Ferland Mendy83'  Karim Benzema (Luka Jovic)11'  Marc Bartra64'  Joel Robles74'  Loren Moron (Borja Iglesias)74'  Zouhair Feddal85'  Andres Guardado90'  Alex Moreno (Antonio Barragan)90'  Nabil Fekir (Ismael Gutierrez) Match-senterda ochish

O'YIN YAKUNLANDI.

90+2. Uxxx! "Betis" jarima maydonchasi ichida chalkashliklar ro'y berdi. Ketma-ket zarbalardan so'ng to'pni mehmonlar o'yinchisi bir amallab maydondan chiqarib yubordi.

90+1. Qanday qilib! Vinisius Juniorning chamasi 3 metrlardan bergan zarbasini darvozabon bartaraf etdi. Braziliyalik o'yinchi bu vaziyatda juda bo'sh harakat qildi.

90. Bosh hakam ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berdi.

88. Hozirgi daqiqalarga kelib "Betis" to'pga egalik qilmoqda va hujumlar uyushtirishga harakat qilmoqda.

84. Maydonga Luka Yovich tushirildi. U Karim Benzemani almashtirdi.

82. Xavfli vaziyat! "Betis" o'yinchisining uzoq masofadan bergan zarbasidan so'ng Kurtua ajoyib seyv qayd etgan holda jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.

80. Navbatdagi sariq kartochka qo'polligi uchun Ferlan Mendiga ko'rsatildi.

78. "Qaymoqranglilar" o'yin so'nggiga yaqin yana faollashishmoqda va ko'proq hujumlar tashkil etmoqda, Ammo, mehmonlar hozircha bexato harakat qilishmoqda.

74. Sal oldinroq qilgan qo'polligi uchun hakam hozir Feddalga sariq kartochka ko'rsatdi.

74. "Betis"da o'zgarish: Moron o'rniga Iglesias tushirildi.

72. To'pga egalik qilish bo'yicha ham ustunlik "Real" tarafida - 63%-37%

65. "Real"da o'zgarish: Rodrigo o'rniga Vinisius tushirildi.

64. Uxxx! Ferlan Mendi darvozabon bilan bir-birga vaziyatga chiqib bordi, ammo uning zarbasi noaniq ketdi.

61. Rodrigo jarima maydonchasi ichida hisobni ochish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo'lgan edi. Ammo, Goesning zarbasi "Betis" o'yinchilariga tegib maydonni tark etdi.

57. Darvozaga zarba berish borasida "Betis" futbolchilari ham yomon harakat qilishmayatpi. Ular hozirga qadar 11ta zarba berishdi. "Real" esa ulardan bitta ko'p zarba berishgan.

51. "Betis" o'yinchisi Moreno raqib darvozasini ishg'ol qilmoqchi edi, ammo Kurtua ishonchli harakat qildi.

49. Onlayn jadvalga qaraydigan bo'lsak, "Real" 22 ochko jamg'argan holda "Barselona" bilan birinchi o'rinda bormoqda. "Betis" esa jadvalning 14-o'rniga joylashgan.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

TANAFFUS

46. Birinchi bo'limga hakam tomonidan 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. "Real" ancha xavfli hujum tashkil etdi. Benzemaning Ramosga oshirgan to'pini ispaniyalik futbolchi darvoza tomon yo'lladi. Ammo, Robles seyv ijro etdi.

39. O'yindagi ilk sariq kartochka Kazemiroga ko'rsatildi. U Nabil Fekirga qarshi qo'pollik ishlatgan edi.

36. Karvaxal darvozaga yaqin turgan Benzemaga to'pni oshirdi. Ammo, tajribali hujumchi to'pga noqulay vaziyatda zarba berdi.

34. Bu esa Eden Azar offsaydda qolib ketgan va shundan so'ng gol urgan vaziyat. Ammo, bu gol bekor qilindi.

27. O'yin sal tenglashgandek taasurot uyg'onmoqda. "Betis" ham hujumlar tashkil etmoqda.

22. "Betis" ilk bor zarba berdi. Nabil Fekirning jarima maydonchasi ichida Kurtua darvozasi tomon bergan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

19. Darvozaga zarba berish bo'yicha ustunlik "Real" tarafida: 4-0

15. "Real" hujumlarga zo'r bermoqda. Mehmonlar esa himoyaga ko'proq urg'u bergan holda o'ynashmoqda.

10. Yo'q, yo'q, yo'q! Azar o'yindan tashqari holatda qolib ketgan edi. Hakam VARdan so'ng gol offsayddan kiritilganini etirof etdi.

8. GOOOOOOOL!! Eden Azar jarima maydonchasi ichida bir himoyachini chalg'itib darvozani ishg'ol qildi.

7. Xavfli vaziyat! Benzema deyarli darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi, ammo franciyalik futbolchining mukammal bo'lmagan zarbasini mehmonlar darvozaboni qaytarib yubordi.

5. O'yin kutilganidek maydon egalarining hujumlari bilan boshlandi. "Qirollik klubi" o'yinchilari ilk daqiqalardanoq ustunlikni qo'lga olishga harakat qilishmoqda.

1. O'yin boshlandi!

- Assalomu alaykum "Championat.asia" kuzatuvchilari. Birozdan so'ng boshlanadigan La Liga 12-tur doirasidagi "Real" va "Betis" jamoalari o'rtasidagi o'yinni birgalikda kuzatib boramiz.

BestMaster
3 Noyabr 2019, 03:00
nursiz, durang, qayd, etgan, holda, peshqadam, bolish, imkoniyatini, qoldan, berdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 magnifico  
???
3 Noyabr 2019, 12:51
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads