Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Nemanya Yovanovich: “Luka Yovich – serb futbolining yangi yulduzi”

FIFA kunlari boshlanishi bilan Evropaning barcha terma jamoalari keyingi yil bo'lib o'tadigan qita chempionatiga saralash bahslaridagi ishtiroklarini yanadavom ettirishadi.

.
- Yuklab olish

2018 yilgi mundialda chakki qatnashmagan Serbiya terma jamoasi ham masuliyatli musobaqaga yo'l olish uchun kurash olib bormoqda. O'zbekistonlik ishqibozlarga tanish bo'lib ulgurgan Nemanya Yovanovich ko'plab yulduzli futbolchilarga ega bu terma jamoa borasidagi ayrim savollarga javob berib o'tdi.- Birinchi savolim shundan iboratki, Serbiya terma jamoasida Evro-2020 turnirida qatnashish uchun imkoniyati qanday? Boisi, kuchli guruhdan o'rin olgansizlar. Buning uchun Portugaliya bilan kurash olib borishingizga to'g'ri keladi...- O'zingiz bilasiz terma jamoamizda kuchli va yuqori saviyali futbolchilar yig'ilgan. Ko'rgan bo'lsangiz, Ukraina va Portugaliya bilan yomon o'yin o'tkazmadik. Imkoniyatlarimizni yuqori baholagan bo'lardim. O'ylaymanki ular bizni yakunda maksimal natija va yo'llanma bilan xursand qilishadi. Iqtidorlar talaygina, yosh va tajriba uyg'unlashgan. Faqat, ayrim uchrashuvlarda omad bizdan chinakamiga yuz o'girmoqda. Yaratganning yordami va muxlislarimizning olqishlari ostida Evro-2020ga chiqishimiz mumkin.

- Darhaqiqat, Serbiya terma jamoasi o'tgan yili jahon chempionatida guruhdan chiqishga yaqin kelgandi...- Judayam kuchli kvartetdan joy oldik. Hamyurtlarim munosib ishtirok etishdi, deb o'ylayman. Ammo, ularga achinishdan boshqa choramiz yo'q. Hali oldinda katta musobaqalar ko'p. Evropa chempionati va jahon chempionati saralash bahslarida termamizga ishonch bildiramiz.- Madridning "Real" klubi yangi azosi Luka Yovich grand jamoa safida o'z o'rnini topib keta olarmikan? Nima deb o'ylaysiz, u Ispaniyaga ertaroq kelmadimikin...- Ha, Luka dunyoning eng yaxshi yosh hujumchilaridan biri. Bolaligidan iqtidorini namoyon etib, mamlakatimizning yirik klublaridan biri - "Red Star" jamoasida porlagan. So'ng uni agentlar “Benfika”ga taklif qilishdi. Afsuski, u erda o'zini ko'rsata olmadi. Axir 17-18 yoshli boladan nima ham kutish mumkin? Oxir-oqibat u Frankfurtga yo'l oldi va Bundesligada yuqori saviyadagi hujumchi ekanligini isbotladi. Menimcha, Zidan unga 90 daqiqa imkon bermaydi. Biroq, Yovich vaqt o'tishi bilan “Real” uslubiga moslashib borishiga ishonaman. Menimcha, unga erta emas. SHunday futbolchilar bo'ladiki, murabbiyning ko'rsatmalarini bir zumda ilg'ab oladi. Ayrimlarga esa vaqt zarur. O'ylaymanki, u malum muddat o'tgach o'z mahoratini namoyon qiladi. Bunga bir necha oy yoki, bir mavsumni o'zi etadi. U hali to'liq o'zini ko'rsata olmadi.

- Luka serb futbolining yangi yulduzimi?- Menimcha, shunday. U o'z ustida ishlashdan to'xtamasa, yanada yuqori cho'qqilarni zabt etishga qodir. Luka kabi yoshlarning etishib chiqayotgani mamlakat futbolining kelajagi porloq ekanidan dalolat.- Nima uchundir serb klublarining xalqaro maydonda ishlari unchalik yurishmayapti...- Bunga biron izoh keltirolmayman. Ammo, o'z vaqtida “Crvena Zvezda” Evropa chempionlar ligasida g'olib bo'lgan. Qaysidir manoda sensaciya qayd etgan. CHunki, usha vaqtda “Milan”, “Manchester Yunayted” qudratli klublar sanalardi.Abdulaziz suhbatlashdi

BestMaster
31 Oktyabr 2019, 12:00
nemanya, yovanovich, “luka, yovich, serb, futbolining, yangi, yulduzi”,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads