Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» - «Leganes». Beyl va Xames qaydnomaga kiritilmadi, Modrich va Vaskes o'yinga tayyor

«Real» klubi murabbiylar shtabi Ispaniya La ligasining 11-turi doirasida bo'ladigan «Leganes»ga qarshi o'yin uchun futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

.
- Yuklab olish

«Real» klubi murabbiylar shtabi Ispaniya La ligasining 11-turi doirasida bo'ladigan «Leganes»ga qarshi o'yin uchun futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Kutilganidek, Garet Beyl va Xames Rodriges ro'yxatdan chetda qolishdi. Ma'lumotlarga qaraganda, uelslik futbolchi shaxsiy masalalar bo'yicha Londonga jo'nab ketgan. Xames esa farzandi dunyoga kelgani bois Kolumbiyada bo'lib turibdi.

Yarim himoyachi Luka Modrich jarohatidan forig' bo'lgani bois qaydnomaga kiritildi. «Galatasaroy»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgan Lukas Vaskes ertangi bahsga tayyor.

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Alfons Areolya, Diego Altube;

Himoyachilar: Daniel Karvaxal, Eder Militao, Serxio Ramos, Rafael Varan, Marselo, Benjamen Mendi;

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Kazemiro, Luka Modrich, Federiko Valverde, Isko;

Hujumchilar: Eden Azar, Karim Benzema, Luka Yovich, Lukas Vaskes, Rodrigo Goes.

«Real» – «Leganes» o'yini 30 oktyabrdan 31 oktyabrga o'tar kechasi, Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:15da boshlanadi.

BestMaster
29 Oktyabr 2019, 21:00
«real», «leganes», beyl, xames, qaydnomaga, kiritilmadi, modrich, vaskes, oyinga, tayyor,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads