Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real Madrid»ning yangi asrdagi eng omadli xaridlari

Madrid superklubi yangi asrda ko'plab futbolchilarni xarid qilgan bo'lsada, barcha transferlarni ham oadli deb bo'lmaydi.

.
- Yuklab olish

Madrid superklubi yangi asrda ko'plab futbolchilarni xarid qilgan bo'lsada, barcha transferlarni ham oadli deb bo'lmaydi. Bugun "Real Madrid" klubi tomoonidan 21-asrda amalga oshirilgan eng omadli transferlarni yodga olamiz.

Marselo

Braziliyalik qanot himoyachisi  ko'p gol kiritgan futbolchilar qatorida bo'lmasa-da, uning «Real Madrid»ning sayyoramizning birinchi raqamli jamoasiga aylanishida tutgan o'rni beqiyos. To'g'ri, u hozirda havas qilsa arzigullik formada emas, biroq bu uning klubda ko'rsatgan xizmatlariga soya sola olmaydi. Zidan davridagi to'xtatib bo'lmas «Real Madrid»ning ajralmas bo'lagi sifatida maydonda mo''jizlar ko'rsatgan Marselo qanot himoyachilarining futbolda tutgan o'rni qanchalar ulkan ekanligini butun dunyoga ko'rsatib qo'ydi. Zidan uning qanotini o'yinlar chog'ida jangning asosiy frontiga aylantirar, Marselo esa, hujum va himoyada birdek ishonchli o'yin namoyish etishni ortiqcha qiyinchilisiz uddalar edi.


Karim Benzema

Frantsiyalik futbolchi 2009-yilda «Real Madrid» safiga kelib qo'shilganida, deyarli barcha uni zaxira futbolchisiga aylanib qolishini taxmin qilgan edi. 10 yil davomida to'purarlikka da'vo qilmagan markaziy hujumchi jamoaning eng foydali futbolchilaridan birga aylanib ulgurdi. Ayniqsa, Zidan qo'lostida futbolchi o'zining yanggi qirralarini namoyish etishni boshladi. Markaziy hujumda to'p surishiga qaramasdan, asosan jamoadoshlari uchun golli vaziyat yaratib berish bilan shug'ullanishni xush ko'ruvchi Karim hozirda klubning chinakam etakchilaridan biriga aylanib ulgurdi. To'g'ri, yangi asrda «qirollik klubi» ko'plab kuchli hujumchilarni xarid qildi, biroq ulardan hech biri Benzemachalik klub uchun foyda keltira olmadi.

Serxio Ramos

Zamonaviy futbol olamidagi eng kuchli himoyachilaridan biri sanalgan Serhio Ramos uchun «qirollik klubi» atigi 27 million evro to'lagan, xolos. Darhaqiqat, hozirda jamoa etakchisi sifatida qolganlardan ajralib turadigan himoyachi o'zining eng «gullagan» davrlarini aynan Madrid klubi safida o'tkazdi. «El Kapitano» nafaqat himoyada ishonchli, balki hujumda ham juda faol to'p tepishi bilan qolgan himoyachilardan ajralib turadi. U tomonidan kiritiladigan gollar esa, butun boshli tarixni o'zgartirib yuborgani hech kimga sir emas. To'g'ri, hozirda uning o'yinida biroz pasayish kuzatilayotgan bo'lishi mumkin, biroq Ramos hali-hamon o'ta yuqori saviyada o'ynamoqda va asosiy tarkibdagi o'rnini hech kimga berib qo'ymoqchi emas.

Zayniddin Zidan

Turinning «Yuventus» jamoasidan o'sha davrlar uchun «dahshatli» summaga (73 million evro) xarid qilingan frantsuz o'ziga bildirilgan ishonchni ortig'i bilan to'liq oqladi. Zidan o'z davrida Madrid klubining asosiy futbolchisi edi. U o'yin davomida ajoyib uzatmalar berar, reydlar uyushtirar, to'p uchun kurashda faol bo'libgina qolmay, juda muhim gollarni kiritar edi. Zidanning fantastik texnikasi haqida juda uzoq so'zlash mumkin. Bundan tashqari, Zidanning jamoaga kelishi «Real Madrid»ning boshqa davlatlarda ham muxlislari soni o'sishini ta'minladi. Uning nomi tushirilgan futbolkalar shu qadar ko'p sotildiki, «qaymoqranglilar» futbolchiga sarflagan pullaridan bir necha barobar ko'proq daromad olishga muvaffaq bo'lishdi. Eng muhimi esa, aynan Zidan «Real Madrid»ning «galaktikos»ga aylanishida katta rol ijro etdi.

Ronaldu

«Real Madrid» klubining barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchisining ushbu ro'yxatda birinchi pog'onani qo'lga kiritishiga hech kim shubha qilmaganni aniq. «Real Madrid» safida eng ko'p gol kiritgan futbolchilar ro'yxatida barchadan o'zib ketgan Krish  butun boshli «galaktikos» amalga oshira olmagan ishni bir o'zi uddalashga muvaffaq bo'ldi. Aynan uning Leo Messi bilan raqobati millionlar o'yinini milliardlar o'yiniga aylanishiga sabab bo'ldi. Ochig'i, uning «Real Madrid» uchun qanchalar omadli transfer bo'lgani haqida so'zlash shart emas desak, umid qilamizki, adashmagan bo'lamiz.

BestMaster
29 Oktyabr 2019, 07:00
«real, madrid»ning, yangi, asrdagi, omadli, xaridlari,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 xalid  
To'g'ri xaqsiz real xozir juda kuchli
29 Oktyabr 2019, 15:55
 cttrxbv  
darhaqiqat bu futbolchilar klubni juda kuchaytirgan
30 Oktyabr 2019, 14:30
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads