Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real" hujumida muammolar bor. "Klasiko" ko'chirilishi Zidan foydasiga ishladi

"El-Klassiko" ko'chirilishi ikki ispan klubi uchun chempionatda tanaffus yaratib berdi. Tanaffus "Real" uchun 30 oktyabrgacha davom etadi, o'sha kuni "qaymoqranglilar" "Santyago Bernabeu"da "Leganes"ni qabul qiladi.

.
- Yuklab olish

Pauza va "Barselona" bilan o'yin o'tkazib yuborilishi Zidan foydasiga ishladi. "Real" deyarli har bir uchrashuvni minimal g'alaba yoki minimal mag'lubiyat bilan yakunlamoqda.

Super-klublar jangiga guvoh bo'lishni istagan muxlislar bunday "Real"ning o'yinini tomosha qilishni xohlamagan bo'lardi. Jarohatidan qutilgan Messi hujum chizig'idagi uchlikni to'ldirdi va "Barselona" "Qirollik klubi"dan farqli o'laroq, yana raqib jamoa darvozalarini ishg'ol qilishni boshladi. "Real"da esa Benzema va jarohat olgan Beyldan boshqa hech kim gol urishga davogar emas. Qanday qilib tarkibida gol ishlab chiqaruvchi Messi, har mavsum 25tadan kam gol urmaydigan Suares va kamida 20ta gol urishga umid qilayotgan Grizmanni jamoa bilan raqobat qilish mumkin? Messi LaLiganing bor-yo'g'i 4ta o'yinida maydonga tushdi, ammo hujumdagi uchlik gol+pas tizimi bo'yicha 11+6 ochko ishladi. Zidan bunga 9ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta ham gol urmagan Yovich, bitta golga mualliflik qilgan Azar va raqib darvozasini 6 marta ishg'ol qilib, biroq so'nggi paytlarda o'ziga o'xshamayotgan Benzema bilan javob qaytaradimi? Beylga 2ta gol va yosh braziliyaliklarga bittadan gol qo'shib qo'yish mumkin.

Tanaffus uelslikka sog'ayib olish, Azarga formani tiklashga imkon beradi. Beyl navbatdagi jarohatdan juda xafa. SHikastlanishlar soni ko'p bo'lishiga qaramasdan u "Real"ning asosiy tarkib futbolchisi bo'lib qolgan kam sonli o'yinchilardan biri hisoblanadi. Britaniyalikning o'yini o'zgardi, u tajribaliroq futbolchiga aylandi. Beyl endi himoyaga ham yordam beryapti, biroq Garetni hujumda ko'p ko'rsakda, uning gol va paslari soni juda kam. Uelslik ilhomlanib yoki mahoratni ishga solib o'ynayotgani yo'q, u g'azabni ishga solmoqda. Avvallari uning jarimalari Ronalduning zarbalaridan xavfliroq edi. Hozir u portugaliyalik kabi faqat darvoza atrofini nishonga olmoqda. U bosh bilan zarba berishni esdan chiqardi, Beyl bir paytlar bosh bilan gol urish bo'yicha Evropada birinchi edi. Balki mashg'ulotlarga kam vaqt ajratib, golf haqida ko'proq o'ylayotgandir. Agar bu haqiqat bo'lsa, Zidan uni nega yoqtirmayotganini tushunsa bo'ladi.

Xamesga to'xtaladigan bo'lsak, unda ham muammolar etarlicha. Kolumbiyalik o'zi uchun noodatiy bo'lgan sakkizinchi raqam poziciyasida o'ynayapti va vazifalari nima ekanligini tushunmay, maydonda yo'qolib qolmoqda. Modrichning mehnatkashligi va tezkorligiga ega bo'lmagan kolumbiyalik xorvat bajaradigan qora ishni uddalay olmaydi. U hujumkor yarim himoyachi rolida muvaffaqiyatsiz harkatlarini raqib darvozasi oldidagi o'yini bilan to'ldirardi, hozir esa "Real" ko'p himoyalanadigan bahsda Rodrigesni topib bo'lmayapti. Formani tiklash va asosiy tarkibda joy olishni istagan Xames terma jamoaga tasarrufiga bormadi, biroq Zidan uchun uning poezdi ketib bo'lgan ko'rinadi. Franciyalik mutaxassis yakuniy qarorni Federiko Valverde foydasiga chiqardi va agar yigitcha o'sishda davom etsa, tez orada Modrich joyini egallaydi. Anchadan beri Milan shahrining ikki klubi xorvatiyalikka qiziqish bildirmoqda va uni sotib yuborish ikkala tomonga ham to'g'ri qaror bo'ladi.

Hujumga qaytamiz. "Real"ning Mbappega qiziqayotgani borasidagi mish-mishlar yana gazetalarning muqovasida paydo bo'ldi. Yosh franciyalik hujumchi "Bryugge"ga qarshi CHempionlar ligasi o'yinida xet-trik qayd etdi va Florentino Peresning mehrini qozondi. "Qaymoqranglilar" prezidenti o'z hujumidagi muammolarni ko'rib, ushbu chiziqni kuchaytirish haqida o'ylayotgan bo'lsa kerak. Kilian Mbappe esa investiciyalar uchun eng yaxshi tanlov. Agar transfer amalga oshsa, franciyalik yangilangan loyihaning yuzi va asosiga aylangan bo'lardi.

BestMaster
28 Oktyabr 2019, 17:00
hujumida, muammolar, klasiko, kochirilishi, zidan, foydasiga, ishladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads